"Everton" Vardiga og'iz soldi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2026, 16:02
"Everton" hujumchi Jeymi Vardi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor, deya xabar bermoqda “The Sun”.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 39 yoshli ingliz futbolchisi "irislar" yozgi transfer oynasida yangi hujumchi topa olmaganidan keyin ular uchun kerakli variantga aylangan. Ayni paytda "Everton" ixtiyorida bor-yo'g'i 18 nafar maydon o'yinchisi qolgan.

Vardining avvalgi klubi "Kremoneze" bo'lgandi. 2025/26 yilgi mavsumda forvard 29 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Italiya klubi bilan kelishuv muddati yakunlangach, Vardi erkin agentga aylandi.

Avvalroq Vardiga "San-Paulu", "Reksem" va "Vest Xem" klublari ham qiziqish bildirgan edi.

Transfermarkt "Lester" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi qiymatini 1 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun