Sud "Real"ning Negreyra ishi bo'yicha surishtiruvni yana yarim yilga uzaytirish haqidagi iltimosini rad etdi

Administrator
1 sen 2026, 21:50
Barselona sudi "Real"ning Negreyra ishi bo'yicha tergovni yana olti oyga uzaytirish haqidagi iltimosnomasini rad etdi, deb xabar bermoqda COPE.

Shu bilan birga, tergov hali yakunlangani yo'q, noyabr oyiga ikki guvohning so'roq qilinishi belgilangan. Ularda "Barselona" o'rinbosarlar jamoasining sobiq futbolchisi va murabbiyi Jerar Lopes, shuningdek, o'rinbosarlar jamoasi delegati Antonio A. guvohlik berishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilda "Barselona" va uning rahbariyatiga Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasida (RFEF) ishlagan Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) sobiq vice-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga to'lovlar bo'yicha pora berish ayblovi qo'yilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: COPE