Superliga. "Surxon" bir kishi kam bo'lib qolgan "Bunyodkor"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
4 sen 2026, 19:50
Superliga 20-turidan o'rin olgan bellashuv yakunlandi.

Superliga

20-tur

“Bunyodkor” – “Surxon” 0:1

Toshkent. “Jar” stadioni. 18:00

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Shohruh A'zamov, Aziz Isoqov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamraqulov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Elnur Doniyorov

Nazoratchi: Vadim Agishev

Komissar: Davron Ibrohimov

Gol: 0:1 – 77, Tornike Dzebniauri (Komronbek Yusupov)

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To'raqulov, 11.Sardor Abdunabiev (42.Abdulhamid Ikromov, 87), 14.Shahzod Nematjonov (18.Narimon Ahmadjonov, 70), 21.Nosir Abdusalomov, 27.Islom Anvarov, 39.Fahriddin Muhammadov (31.Abdurahmon Sulaymonov, 78), 44.Alijon Bekmurotov, 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 88.Mirkomil Annamatov (17.Muzaffar Olimjonov, 78)

Zaxira: 16.Federiko Botti, 13.Muhammad Hakimov, 19.Mirkomil Murodov, 56.Abdulqodir Mirfayziev, 74.Ivan Bukrin.

"Surxon": 25.Otabek Boymurodov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (27.Muhammadali Musaxanov, 88), 8.Humoyun Sherbo'taev, 11.Richard Fraydey, 15.Diyor Ramazonov, 17.Sarvar Abduhamidov, 18.Behruz O'ktamov (23.Komronbek Yusupov, 71), 19.Farruh Qodirov (39.Mirmaqsud Mirusmonov, 53), 21.Tornike Dzebniauri (41.Abdurahmon Daminov, 88), 66.Behro'z Shaydulov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 10.Sunnatulla Abdullajonov, 13.Azamat Nurullaev, 31.Kamronbek Ergashev, 70.Farhodbek Salixjonov.

Ogohlantirishlar: Diyor Ramazonov (25), Amir To'raqulov (85)

Chetlatish: Islom Anvarov (67)

🏁 90+6-daqiqa. O'yin yakunlandi! Bosh hakam Olim To'ychiboevning final hushtagi yangradi. Murosasiz va kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda bir kishi ko'p bo'lib o'ynagan "Surxon" safarda "Bunyodkor" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. Toshkentliklar esa o'z maydonida imkoniyatni boy berdi.

⏱️ 90-daqiqa. Asosiy vaqt yakuniga etdi. Ikkinchi bo'limda yuzaga kelgan to'xtalishlar va VAR ko'rigi hisobiga bosh hakam o'yinga 6 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

88-daqiqa. "Surxon" murabbiylar shtabi ham ikkita o'zgarishni amalga oshirdi: Dostonbek Tursunov o'rniga Muhammadali Musaxanov, uchrashuvdagi yagona gol muallifi Tornike Dzebniauri o'rniga esa Abdurahmon Daminov maydonga tushdi.

87-daqiqa. Mezbonlar tarkibida navbatdagi o'zgarish yuz berdi: Sardor Abdunabiev zaxiraga olindi, uning o'rniga maydonga Abdulhamid Ikromov tushirildi.

🟨 85-daqiqa. Uchrashuvda navbatdagi sariq kartochka. Maydon markazida Richard Fraydeyga nisbatan keskin o'yin ko'rsatgani uchun "Bunyodkor" yarim himoyachisi Amir To'raqulov hakam tomonidan ogohlantirildi.

78-daqiqa. Hisobda ortda qolayotgan "Bunyodkor" safida bir yo'la ikkita o'zgarish amalga oshirildi: Mirkomil Annamatov o'rniga Muzaffar Olimjonov maydonga tushgan bo'lsa, Fahriddin Muhammadov o'z o'rnini Abdurahmon Sulaymonovga bo'shatib berdi.

77-daqiqa. GOL! "Surxon" hisobni ochdi! Mehmonlar qanot orqali chiroyli kombinaciya uyushtirdi: Richard Fraydey to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, yangi maydonga tushgan Komronbek Yusupov esa to'pni orqaroqda qulay poziciyada turgan Tornike Dzebniauriga tashlab berdi. Gruziyalik legioner erlatib yo'llagan aniq zarbasi bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi – 0:1.

71-daqiqa. "Surxon" safida navbatdagi o'zgarish: Behruz O'ktamov maydonni tark etdi, uning o'rniga Komronbek Yusupov o'yinga qo'shildi.

70-daqiqa. Mezbonlar tarkibida o'zgarish: maydonda bir kishi kam bo'lib qolgan "Bunyodkor" safida Shahzod Nematjonov o'rnini Narimon Ahmadjonovga bo'shatib berdi.

68-daqiqa. Chetlatishdan so'ng belgilangan jarima zarbasini "Surxon" futbolchilari bevosita darvoza tomon yo'lladi. Ammo jarima maydonchasi bo'sag'asidan amalga oshirilgan zarba "Bunyodkor" o'yinchilari hosil qilgan jonli devorga tegib qaytdi.

🟥 67-daqiqa. Bahsda keskin burilish! Bosh hakam Olim To'ychiboev VAR monitori orqali vaziyatni sinchkovlik bilan qayta ko'rib chiqdi va ofsayd bo'lmaganini aniqladi. Natijada raqibni libosidan tortib yiqitgan "Bunyodkor" himoyachisi Islom Anvarovga so'nggi umid foli uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatildi. Mezbonlar maydonda bir kishi kam bo'lib qolishdi.

63-daqiqa. Bahsli vaziyat: "Surxon" hujumchisi Richard Fraydey raqib jarima maydonchasiga kirib borayotgan paytda Islom Anvarov uni libosidan tortib yiqitdi. Biroq bosh hakam ushbu vaziyatdan avval mehmonlar a'zosi ofsaydda qolganini qayd etib, o'yinni to'xtatdi.

57-daqiqa. Mezbonlar yana bir bor olis masofadan darvozani nishonga olishga qaror qildi. Nosir Abdusalomovning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi va to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

53-daqiqa. "Surxon" tarkibida ilk o'zgarish: Farruh Qodirov o'rnini Mirmaqsud Mirusmonovga bo'shatib berdi.

49-daqiqa. "Bunyodkor" jamoasi hujumga o'tdi. Amir To'raqulov jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga biroz aniqlik yetishmadi – to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

⏱️ 46-daqiqa. Bosh hakam Olim To'ychiboev ikkinchi bo'limni boshlab beruvchi hushtakni chaldi. Jamoalar maydonga qaytdi va bahs davom etmoqda. Hozircha hisob ochilmagan – 0:0.

⏸️ 45+2 daqiqa. Hakamning hushtagi yangrab, birinchi bo'lim yakunlandi. Tomonlar murosasiz va hujumkor o'yin ko'rsatgan bo'lsa-da, hozircha hisob ochilmadi – jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida yo'l olishmoqda.

🔥 45-daqiqa. Birinchi bo'lim so'ngida "Surxon"dan xavfli vaziyat! Dostonbek Tursunov burchak to'pini jarima maydonchasi tashqarisida turgan Behruz O'ktamovga uzatdi. O'ktamov to'pni to'xtatmasdan kuchli zarba yo'lladi, biroq "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov yana bir bor o'z o'rnida to'pni egallab oldi.

🔥 35-daqiqa. "Surxon" yarim himoyachisi Humoyun Sherbo'taev jarima zarbasini to'g'ridan-to'g'ri darvozaga aniq yo'lladi. Ammo "Bunyodkor" posboni Abdumavlon Abdujalilov mahorat ko'rsatib, xavfli zarbani qaytarishga erishdi.

30-daqiqa. "Surxon"ning hujumi: Richard Fraydey o'ng qanotdan tezlik bilan oldinga siljib, jarima maydonchasi ichiga uzatmani amalga oshirdi. Biroq "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov chaqqonlik ko'rsatib, to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.

🟨 25-daqiqa. Uchrashuvda dastlabki sariq kartochka ko'rsatildi. "Surxon" a'zosi Diyor Ramazonov raqib hujumchisi Shahzod Nematjonovga nisbatan xavfli harakat qilgani uchun bosh hakam Olim To'ychiboev tomonidan ogohlantirildi.

🔥 23-daqiqa. Mezbonlarda xavfli vaziyat! "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov to'pni tezkorlik bilan uzoq masofaga, oldinga intilayotgan Fahriddin Muhammadovga oshirdi. Natijada hujumchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib, to'pni bosh bilan uning ustidan darvozaga yo'llashga harakat qildi, biroq zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.

15-daqiqa. O'tgan daqiqalar davomida "Surxon" vakillari ketma-ket bir nechta burchak zarbalarini amalga oshirdi. Biroq standart vaziyatlar mezbonlar darvozasi oldida jiddiy xavf tug'dirmadi – "Bunyodkor" himoyachilari ishonchli harakat qilib, to'pni o'z jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi.

8-daqiqa. "Surxon" futbolchilari burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Jarima maydonchasi ichiga oshirilgan to'pga mehmonlar vakili zarba yo'lladi, ammo to'p darvozaga aniq bormadi. "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov to'pni o'yinga kiritadi.

⏱️ 1-daqiqa. Bosh hakam Olim To'ychiboevning hushtagi yangradi va "Jar" stadionida "Bunyodkor" hamda "Surxon" jamoalari o'rtasidagi bahsga start berildi. Jamoalar dastlabki daqiqalardan maydon markazida faol harakatlarni boshladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia