APL klubi “Zenit” hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Eldor Akmurzayev
27 iyun 2022, 09:00
“Zenit” forvardi Yuri Alberto faoliyatini “Vest Xem”da davom ettirishi mumkin.

21 yoshli o'yinchiga “Korintians” ham qiziqmoqda, buni braziliyaliklar klubi prezidenti ham tasdiqladi.

Alberto yanvarda “Internasonal”dan 25 mln evro evaziga “Zenit”ga o'tdi. U yakunlangan mavsum 15 bahsda qatnashib, 6+4 natija ko'rsatdi.

Avvalroq, peterburgliklar ustozi Sergey Semak Yuri ijaraga ketmoqchiligi va klub bu ustida ish olib borayotganini aytgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UOL