

So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon” futbol klubining joriy yil qisqi tayyorgarlik yig'inini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazgani hamda yig'in davomida “DILAHAN TURIZM TAS.TIC.LTD.STI” kompaniyasidan qarzdorligi bilan bog'liq turli ma'lumotlar tarqalmoqda.
“Andijon” futbol klubi mazkur holat yuzasidan shuni ma'lum qiladiki, jamoaning Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida yuqorida nomi qayd etilgan kompaniya xizmatlaridan foydalanilgan va ushbu hamkorlik doirasida muayyan moliyaviy majburiyatlar mavjud bo'lgan.
Klub tomonidan allaqachon to'lovlar belgilangan tartibda to'liq qoplangan.



