Mahmud Mahamadjonov "Dinamo Maxachqala"da tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2026, 12:30
“Sport24” nashriga ma'lum bo'lishicha, "Andijon" chap qanot himoyachisi Mahmud Mahamadjonov 500 ming evro evaziga Maxachqalaning "Dinamo" klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Futbolchi allaqachon Maxachqalada va tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. U “Dinamo” bilan 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Klublar va futbolchi tomoni kelishuvning so'nggi tafsilotlarini yakunlayapti.

23 yoshli Mahamadjonov "Andijon" safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport24