

“Andijon” himoyachisi Mahmud Mahamadjonov legionerga aylanmoqda. Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi “Dinamo” Maxachqala klubi uni “Andijon”dan to'liq sotib olmoqda”, – deyiladi xabarda.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum “burgutlar” tarkibida 22 o'yinda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qildi.
Ma'lumot o'rnida, “Dinamo” ayni paytda chempionatda 5 turdan keyin 9 ochko bilan 5-o'rinni band etib turibdi.



