Abduqodir Husanov - "Manchester Siti"da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogar

Sherzod Nurmatov
27 apr 2026, 19:23
"Shaharliklar" matbuot xizmati "Oy futbolchisi" nominaciyasi uchun kurash olib borayotgan 3 nafar nomzod nomini ma'lum qildi.

Bular - Bernardu Silva, Abduqodir Husanov va Niko O’Rayli.

“Uchala futbolchi ham Premer-liga va Angliya Kubogi doirasidagi 5 ta o'yindagi g'alabada munosib hissa qo'shdi”, – deyiladi xabarda.

O'zbekiston terma jamoasining 22 yoshli himoyachisi yakuniga etayotgan oyda 4 ta g'alabali o'yinda qatnashib, maydonda to'liq harakat qildi va hatto "Byornli" (1:0) bilan o'yinda eng yaxshi futbolchi ham bo'ldi.

2.jpg

Mazkur havola orqali “Siti” rasmiy saytiga kirib, ovoz berish imkoniyatiga egasiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com