Husanov? Birinchi turdan keyin eng yuqori tezlik ko'rsatgan futbolchilar aniqlandi

22 iyun 2026, 13:50
FIFA tomonidan taqdim etilgan rasmiy "physical tracking data" (fizik monitoring ma'lumotlari) asosida Jahon Chempionati 2026 guruh bosqichining 1-turidan keyingi eng tezkor futbolchilar reytingi e'lon qilindi.

Biz uchun quvonarlisi, ushbu nufuzli ro'yxatning yuqori pog'onalaridan o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov joy olgan. Husanov klubdagi jamoadoshi Erling Xoland bilan bir xil 36,5 km/soat tezlik ko'rsatib, ikkinchi o'rindan joy olgan. Birinchi o'rinni esa Avstraliya futbolchisi Jordan Basga nasib etgan. Uning tezligi 36,7 km/soatni tashkil qilgan.

kusanov.png

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com