Zidan Yovich haqida: "U - "Real" kelajagi"
08 jan 2020 14:58
Yangiliklar
Zidan Yovich haqida: "U - "Real" kelajagi"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi "Valensiya"ga qarshi bahs oldidan jamoa forvardi Luka Yovichni qo'llab-quvvatladi.
"Yo'qotishlarga qaramay o'zimizni yaxshi his qilayapmiz. Tarkibimiz katta va qolgan futbolchilar maydonga tushishga tayyor.
Yovich - bu aniq tanlov. Bu kelajak. U xotirjamlikni saqlab qolishi zarur, hozir Luka o'rganmoqda. U ko'p narsa o'rganishni xohlaydigan yigit.
U juda yaxshi. Yovich kelajakda juda ko'p gol uradi. Biz unga ishonch bildirayapmiz", - dedi Zidan.

Oldinroq, hujumchi Karim Benzema va vinger Garet Beyl jarohat sabab "Valensiya" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi xabar qilingandi.
Yovich o'tgan yozda "Real"ga "Ayntraxt F"dan o'tgan edi. Forvard LaLigada madridliklar uchun 12ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar