Superliga-2025: mavsum yakunlari - dubllar yomg'irdek yog'di, xet-trik esa...
16 dek 15:39
Yangiliklar
Superliga-2025: mavsum yakunlari - dubllar yomg'irdek yog'di, xet-trik esa...
Chempionat davomida ko'plab o'yinlar tomoshabinlarga zavq ulashdi, gollar etarlicha urib turildi. Biroq yakuniy statistika shuni ko'rsatdiki, individual jihatdan eng yuqori ko'rsatkich hisoblangan xet-triklar deyarli uchramadi, dubllar esa mavsumning asosiy tendenciyasiga aylandi.
Xet-trik — butun mavsumga ikki marta
Superliga-2025 mavsumida bor-yo'g'i ikki nafar futbolchi xet-trik qayd etdi. Dominik Begich (“Buxoro”) va Xurshid G'iyosov (OKMK) uchtadan gol urib, butun chempionatdagi eng yorqin individual o'yinlarga mualliflik qildi.

Dubllar statistikasi: raqamlar nima deydi?
Mavsum davomida jami 47 ta dubl qayd etildi. Ushbu natijalarga 34 nafar futbolchi hissa qo'shdi. Bu raqamlar Superligada hujumdagi yuk bir yoki ikki futbolchi elkasiga tushib qolmaganini, aksincha, ko'plab ijrochilar hal qiluvchi rol o'ynaganini ko'rsatadi.
Bu borada Lyupche Doriev (“So'g'diyona”) 4 ta dubl bilan mavsumning eng samarali futbolchisi sifatida ajralib turdi. Igor Sergeev (“Paxtakor”), Luis Kachorri (“Bunyodkor”) va Husayn Norchaev (“Nasaf”) esa 3 tadan dubl qayd etib, o'z jamoalari hujumida etakchi rolni bajardi.

Grandlar ham, o'rta jamoalar ham faol
Etiborli jihati — dubllar mualliflari faqat chempionlik uchun kurashgan jamoalar bilan cheklanib qolmadi. “Sho'rtan”, “Mashal”, “Surxon”, “Qizilqum”, “Buxoro” kabi jamoalar futbolchilari ham dubl qayd etib, har bir o'yinda sensaciya ehtimoli yuqori ekanini namoyon qildi.
OKMK va “Paxtakor” — hujumda barqarorlik timsoli
OKMK safida Xurshid G'iyosov nafaqat xet-trik, balki ikki marta dubl ham qayd etib, jamoa hujumida etakchi bo'ldi. Asad Sobirjonov va Ruben Sanches esa uni munosib qo'llab-quvvatladi. “Paxtakor”da esa Igor Sergeevning barqaror o'yiniga qo'shimcha ravishda bir qator futbolchilar muhim gollar bilan jamoaga ochkolar olib keldi.
Yakuniy statistika
Xet-triklar:
Dominik Begich (“Buxoro”) — 1 ta
Xurshid G'iyosov (OKMK) — 1 ta
Dubllar:
Lyupche Doriev (“So'g'diyona”) — 4 ta
Igor Sergeev (“Paxtakor”) — 3 ta
Luis Kachorri (“Bunyodkor”) — 3 ta
Husayn Norchaev (“Nasaf”) — 3 ta
Xurshid G'iyosov (OKMK) — 2 ta
Zoran Marushich (“Neftchi”) — 2 ta
Humoyun Murtozaev (“Mashal”) — 2 ta
Po'lutxo'ja Xoldorxonov (“Sho'rtan”) — 2 ta
Shoxruz Norxonov (“Qizilqum”) — 1 ta
Sharof Muhitdinov (“Nasaf”) — 1 ta
Umar Adhamzoda (“Paxtakor”) — 1 ta
Asad Sobirjonov (OKMK) — 1 ta
Muhammadali O'rinboev (“Paxtakor”) — 1 ta
Anvar Hojimirzaev (“Dinamo”) — 1 ta
Alen Mashovich (“Qizilqum”) — 1 ta
Ruslan Jiyanov (“Navbahor”) — 1 ta
Abror Ismoilov (“Neftchi”) — 1 ta
Temurxo'ja Abduxoliqov (“Bunyodkor”) — 1 ta
Ruben Sanches (OKMK) — 1 ta
Abbos G'ulomov (“Navbahor”) — 1 ta
Behruz Oblaqulov (“Dinamo”) — 1 ta
Rustam Turdimurodov (“Surxon”) — 1 ta
Pedro Augusto (“Navbahor”) — 1 ta
Doniyor Narzullaev (“Sho'rtan”) — 1 ta
Bashar Resan (“Paxtakor”) — 1 ta
Yusuf Otubanjo (“Nasaf”) — 1 ta
Usmonali Ismonaliev (“Andijon”) — 1 ta
Imeda Ashortia (“Bunyodkor”) — 1 ta
Firdavs Abdurahmonov (“Dinamo”) — 1 ta
Izzatillo Po'latov (“Buxoro”) — 1 ta
Bexruz Karimov (“Surxon”) — 1 ta
Rubin Xebay (“So'g'diyona”) — 1 ta
Toma Tabatadze (“Buxoro”) — 1 ta
Alisher Odilov (“Neftchi”) — 1 ta
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar