Peres "Alaves" bilan o'yindagi VAR hakami haqida: "U Kubok finali arafasida "Real"ga qarshi chora ko'rish bilan tahdid qilgandi. Mana endi ..."
15 dek 21:27
Yangiliklar
Peres "Alaves" bilan o'yindagi VAR hakami haqida: "U Kubok finali arafasida "Real"ga qarshi chora ko'rish bilan tahdid qilgandi. Mana endi ..."
"Real" prezidenti Florentino Peres "Alaves" bilan o'yindagi hakamning harakatlarini uning klub haqidagi avvalgi bayonotlari bilan bog'ladi.
"Madrid" klubi yakshanba kuni La Liganing 16-turi doirasida safarda "Alaves"ni mag'lub etdi (2:1). Ikkinchi bo'lim so'ngida raqib jarima maydonchasi ichida Vinisius Junior yiqilganidan so'ng "Real" foydasiga penalti belgilanmadi.
Uchrashuvni bosh hakam Viktor Garsiya Verdura boshqarib bordi, VAR uchun esa Pablo Gonsales Fuertes javobgar edi. Fuertes o'tgan mavsumdagi "Barselona" – "Real" (3:2) Ispaniya Kubogi finali oldidan "qaymoqranglilar"ning klub televideniesi tomonidan hakamlar tanqid qilinganiga shunday munosabat bildirgan edi: "Bunga boshqa chidab o'tirmoqchi emasmiz. Biz jiddiyroq choralar ko'rishni boshlaymiz, tez orada eshitasizlar".
"Kecha [VARda] Kubok finali arafasida klubimizga nisbatan chora ko'rish bilan tahdid qilgan hakam ishladi. Mana endi Vinisius va Rodrigoga nisbatan ishlatilgan qo'polliklar uchun penalti belgilanmadi", – dedi Peres.
"Real" La Liganing 16-turida mehmonda "Alaves" ustidan g'alaba qozondi (2:1).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar