Zidan: “O'yin bunday dramatik kechadi deb o'ylamagandik”
28 okt 2020 09:26
Yangiliklar
Zidan: “O'yin bunday dramatik kechadi deb o'ylamagandik”
“Real” ustozi ECHL guruh bosqichi 2-turida “Borussiya M”ga qarshi bahsdan so'ng (2:2) fikrlari bilan bo'lishdi.
“O'yin bunday dramatik kechadi deb o'ylamagandik. O'yinchilarim o'tkazib yuborilgan gollarga nisbatdan qanday reakciya bildira olishlarini ko'rsatdi. Birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik deb hisoblayman. Ammo birinchi golga olib kelgan o'ta qo'pol xatomiz odamni xafa qiladi, albatta. Golli vaziyatlarni sodir etishda hududiy ustunlikka ega bo'la olmadik. Ammo o'yinchilarning reakciya bildira olganlaridan mamnunman. Juda muhim ochkoni qutqarib qoldi. Bu mavsum barcha uchun qiyin kechadi. Lekin bugun kurashganimizdan faxrlanaman. Bunday o'yin bilan, shubhasiz, guruhdan chiqamiz”, — deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar