Usmon Dembele FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi!
16 dek 22:44
Yangiliklar
Usmon Dembele FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi!
Qatarning Doha shahrida FIFA The Best marosimi o'tkazilmoqda. Tadbirda yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. FIFA talqiniga ko'ra PSJ futbolchisi Usmon Dembele yilning eng zo'r futbolchisi deb topildi. Unga mukofotni FIFA prezidenti Janni Infantino topshirdi.
2024/25 mavsumida Dembele PSJ bilan Franciya chempionati, Kubogi va Superkubogini, shuningdek, Chempionlar ligasini ham qo'lga kiritdi. U klub uchun o'tkazgan 53 ta o'yinda 35 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2025 yilning erkaklar o'rtasidagi eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun, shuningdek, Ashraf Hakimi (PSJ va Marokash), Harri Keyn ("Bavariya" va Angliya), Kilian Mbappe ("Real" va Franciya), Nunu Mendesh (PSJ va Portugaliya), Koul Palmer ("Chelsi" va Angliya), Pedri ("Barselona" va Ispaniya), Rafinya ("Barselona" va Braziliya), Muhammad Saloh ("Liverpul" va Misr), Vitinya (PSJ va Portugaliya) va Lamin Yamal ("Barselona" va Ispaniya) ham davogarlik qilishgan.
The Best mukofoti g'oliblarini aniqlashda 2024 yil 11 avgustdan 2025 yil 2 avgustgacha bo'lgan davrdagi o'yinlar inobatga olinadi. G'olib milliy terma jamoalar sardorlari va murabbiylari, muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan ovoz berish orqali aniqlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar