Xavi "Barselona"ga bosh murabbiy bo'lgan taqdirda 140 mln evrolik futbolchini jamoaga olib kelishga harakat qiladi
27 sen 2019 12:56
Yangiliklar
Xavi "Barselona"ga bosh murabbiy bo'lgan taqdirda 140 mln evrolik futbolchini jamoaga olib kelishga harakat qiladi
Qatarning "Al Sadd" klubi ustozi Xavi Ernesto Valverde ketgan taqdirda "Barselona" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Xavi Kataloniya klubini boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlar orasida bor.
39 yoshli mutaxassis "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlansa, jamoaga "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rahim Sterlingni taklif qilib ko'radi.
Oldinroq, Angliya terma jamoasi futbolchisiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirayotganligi borasida xabarlar paydo bo'lgan edi.
"SHaharliklar" o'tgan yil Sterling bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirgan edi. Bunda futbolchining haftalik maoshi 300 ming funtni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, transfermarkt Sterlingni 140 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar