Valverde xayrlashuv maktubini yozdi
14 jan 2020 17:15
Yangiliklar
Valverde xayrlashuv maktubini yozdi
Murabbiyning maktubi "ko'k-anorranglilar"ning rasmiy saytida elon qilindi.
"Mening "Barselona" bosh murabbiyi sifatidagi damlarim yakunlandi. Qiziqarli 2,5 yilni o'tkazdim. Men sovrinlarni yutganimizda nishonladim va yutqazganimizda xafa bo'ldim.
Men muxlislardan minnatdorman. Ular meni doim sevib, hurmat qilishgan. Prezident Xosep Bartomeu va direktorlar kengashiga ham minnatdorchilik bildiraman. "Barselona"ni shug'ullantirganimdan xursandman.
Futbolchilarga va men bilan birga klubda ishlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Yangi murabbiy Kike Setenga esa omad tilayman", - deydi Valverde.
Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyligidan Ernesto Valverde olinib, uning o'rniga Kike Seten tayinlangan edi.
"U bunga loyiq emasdi" — "Barselona" sobiq ustozi Valverdening yonini oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar