Valverde: “Messisiz ko'p narsani ilojisi yo'q”
10 noy 2019 07:25
Yangiliklar
Valverde: “Messisiz ko'p narsani ilojisi yo'q”
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liga 13-turi doirasida “Selta” (4:1)ga qarshi bellashuvdan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz g'alaba qozonishimiz shart edi. Bizning jamoa uchun o'tgan turdagi kutilmagan mag'lubiyatdan keyin bugun uch ochkoni qo'lga kiritishimiz juda muhim edi. G'alaba qozona olmas ekansan, bu turli xil gap so'zlarni, ortiqcha bosimni yuklaydi. Bunday holatlarga g'alabalar orqali barham berish mumkin.
Bugungi o'yinimizdan 100 foiz qoniqdim deb aytolmayman. Qaysidir vaziyatlarda xatolar kuzatildi. Ammo Leo bilan ko'p narsalarni amalga oshirish mumkin. U g'alabamiz omili. Uning gol urishdan tashqari o'yinni uqishi, boshqarishi tahsinga loyiq holat.
Messiga bog'lanmay qolishning ilojisi yo'q. Uning hujumlarimizdagi harakati hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda”, deydi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar