Valverde: “Kutganimizdek qiyin raqib bilan ro'baru keldik”
17 dek 2019 00:08
Yangiliklar
Valverde: “Kutganimizdek qiyin raqib bilan ro'baru keldik”
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde CHempionlar ligasi 1/8 finaliga tashlangan qura natijalari haqida to'xtaldi.
“Kutganimizdek qiyin raqib bilan kuch sinashadigan bo'ldik. Biz bu jamoa bilan mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida kuch sinashgandik.
Oradan bir necha oy vaqt o'tdi va ularda hozir yangi bosh murabbiy ishlamoqda. A seriyada ular u qadar yaxshi start olishmadi, ammo CHempionlar ligasida alo darajada qatnashishmoqda. O'ylashimcha, raqibimizing uy uchrashuvlari ajoyib atmosferada o'tadi va bu har qanday raqibga qiyinchilik tug'diradi.
Jamoa tarkibida ajoyib futbolchilar jamlangan: Allan, Mertens, Insine. Masumoldidan bo'lib o'tgan uchrashuvimizda ularda markaziy chiziqda yaxshi futbolchilari jamlanganligini namoyish eta olishgandi”, deydi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar