Valverde: “Fati hali “Barselona”ga juda ko'p foyda keltiradi”
15 sen 2019 07:32
Yangiliklar
Valverde: “Fati hali “Barselona”ga juda ko'p foyda keltiradi”
“O'yindan qolgan ijobiy taasurot – bu “Barselona”ning raqibga doimiy bosim uyushtirib, gol urishga bo'lgan intilishi bo'ldi.Bir qator vaziyatlarda biz raqibga katta hududni qoldirganimiz gol o'tkazishimizga ham olib kelishi mumkin edi. CHunki “Valensiya”ning hujumida juda tezkor hujumchilar bor. Biz raqibni bosimda ushlab turdi va ajoyib ikkinchi taymni o'tkazdik.
Bizga qaysi maydonda to'p tepayotganimizning ahamiyati bo'lmasligi lozim. Jamoa faqat bir maqsad –g'alaba uchun harakat qilishi lozim.
“Barselona” futbolchisi bo'lish osonmas. Fati “Valensiya”ga qarshi bahsda doimiy harakatda bo'ldi va o'zining yaxshi tomonlarini ko'rsata oldi. Deyarli birinchi to'pga tegishida gol urish, ikkinchisida golli uzatmani amalga oshirish, deyarli uchinchi urinishida yana gol urish mumkin bo'lgan vaziyatni yaratish – oson ish emas. Agar u maydonda bugungidek harakatlarini davom ettirsa, “Barselona”ga juda katta yordami tegadi”, deya Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar