Valverde: "Biz ham "Atletiko" kabi ko'p yugurishimiz kerak"
01 dek 2019 15:55
Yangiliklar
Valverde: "Biz ham "Atletiko" kabi ko'p yugurishimiz kerak"
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde 15-tur doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz "Vanda"da bo'lgan so'nggi ikki uchrashuvda raqiblar hisobda oldinda borayotgandi. Hisobni tenglashtirishni uddalagandik. Biz hisobni tenglashtirishga urinayotganimizda xuddi "Atletiko" kabi harakat qilgandik. "Atletiko" - yaxshi himoyalanib, tezkor hujumlarga o'ta oladigan kamyob klublardan biri. Ular Turinda chiroyli o'yin o'tkazishdi. Ular har doimgidek ajoyib holatda.
Ushbu uchrashuvga ikki maqsad bilan keldik. Birinchidan, etakchilikka qaytmoqchimiz, ikkinchidan, yil yakunini yaxshi kayfiyat bilan yakunlamoqchimiz. G'alabaga erishadigan jamoa esa yaxshi quvvatga ega bo'ladi. Ammo g'alabaga erishish uchun "Atletiko" kabi ko'p yugurishimiz kerak", - dedi Valverde.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar