So’nggi yangiliklar

19:35"Сурхон" - "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  16 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  21 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  35 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 18:00Про лига. "Локомотив" ва "Жайхун" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2

Vadim Abramov: "Dinamo" ligadagi eng kam byudjetga ega jamoa edi. 300 ming dollar tovon puli to'lansa Kojoni qo'yib yuboramiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Dinamo" ligadagi eng kam byudjetga ega jamoa edi. 300 ming dollar tovon puli to'lansa Kojoni qo'yib yuboramiz"

Teglar :  Vadim Abramov
Superliganing 26-turi doirasida o'tkazilgan "Dinamo" - "So'g'diyona" (1:0) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Biz ancha vaqtdan buyon g'alaba qozona olmayotgandik. Yigitlarga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Namoyish etgan o'yinimiz chiroyli bo'lmagan bo'lishi mumkin, ammo bizga g'alaba kerakroq edi. Bizda ham raqibda ham etarlicha vaziyatlar bo'ldi. Keyingi yilda muxlislarimizni ko'proq xursand qilishga intilamiz", - dedi Vadim Abramov.

- Bugun Maykon yaxshi o'ynay olmagandek ko'rindi. SHu haqda fikr bildirib o'tsangiz?

- Maykon so'nggi ikki o'yinni o'tkazib yubordi-ku. Unda jarohat bor edi. U deyarli mashg'ulot olib bormadi. Bizda jarohatlar bor edi va shu sababli bugungi qaydnomadan bor-yo'g'i 16 futbolchi joy olgandi. O'rinbosarlar jamoasidan bir nechta futbolchilarni jalb etdik. Maykon faqatgina o'yindan oldingi mashg'ulotda ishtirok etdi. U bugungi o'yinga tayyor emasligini bilindi.

- Joel Kojo"Dinamo"da qoladimi?

- Bizda "Istiqlol" bilan og'zaki kelishuv bor edi. Men Kojoni qo'yib yuboramiz deb vada berganman. Hozirgi kunda hujumchimiz Eron jamoasi bilan muzokara olib bormoqda. Muzokaralar yakunlanganidan so'ng yakuniy qaror qabul qilinadi. Kojo yangi chaqiruv istamoqda, futbolchini majburan ushlab qolishdan mano yo'q. Biz undan minnatdormiz va kelajakdagi faoliyatiga omad tilaymiz. Agar u yana "Dinamo"ga qaytishni istab qolsa, biz tayyormiz. Kojoning hali bir yillik shartnomasi bor. 300 ming dollar miqdoridagi tovon puli to'lansa biz uni qo'yib yuboramiz.

- Bugun yorqin "So'g'diyona"ni mag'lub eta oldik. Kumush medallarni qo'lga kiritgan OKMKni ham mag'lub etgandik. SHuningdek, "Nasaf" bilan uch marotaba durang qayd etdik. "Dinamo" jamoasi grand jamoalarga yaxshi qarshilik ko'rsata olishining siri nimada?

- Lider jamoalarga qarshi tayyorgarlik ko'rish osonroq, ayniqsa ruhiy tomonlama. Biz muxlislarni ranjitmaydigan jamoa tuzishimiz kerak. Eng kamida o'z uyida mag'lub bo'lmaydigan jamoaga aylanishimiz kerak va bu bizning maqsadimiz. Raqib jamoalar Samarqanddan bir ochko bilan olib ketayotgani uchun xursand bo'lishlari kerak. Kutilmaganda Samarqand viloyati hokimi o'zgardi. Endi yo'nalishimizni aniqlab olishimiz kerak. Yaxshi jamoa dekabrdan boshlab keyingi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi. Vaqtni yo'qotmasligimiz kerak.

- Keyingi mavsum bo'yicha rejalar qanday?

- Hozir barcha savollarga aniqlik kiritib olishimiz kerak. Byudjetimiz qancha ekanligini bilib olishimiz muhim. Hech kimga sir emaski, "Dinamo" joriy mavsumda Superliga klublari ichida eng kam byudjetga ega jamoa edi. Barchasi rahbariyat qarorlariga bog'liq.

- Jamoangiz mavsumni qanday o'tkazdi? Ushbu mavsumga umumiy baho berib o'tsangiz...

- Aniq bir narsa deyish qiyin. Biz etakchi jamoalarga mag'lub bo'lmadik, masalan. Zaxira o'rindig'imiz etishmadi deya olaman, asosiy tarkib futbolchilari jarohatlar sababli maydonga tusha olmagan vaqtlarda ko'p ochkolar yo'qotdik. Medallar uchun kurashmaydigan jamoa tezroq taslim bo'ladi. Biz o'tgan oyda futbol o'ynamay qo'ydik, sababi sovrinlar o'rinlarga davogarlik qila olmasdik va qo'yi ligaga tushib ketish xavfi ham yo'q edi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика