Igor Sergeev: "Mavsumni munosib yakunlash kerak"
20 noy 20:59
Yangiliklar
Igor Sergeev: "Mavsumni munosib yakunlash kerak"
- O'yin qiyin o'tdi. Termadan uchib kelgandan keyin sovuq sezildi. Mavsum ham chegarasiz emas, u ham tugaydi. Qiziqarli bahs bo'ldi, biz hujumkor o'yin ko'rsatdik va "Nasaf"ga gol urishi uchun imkoniyat bermadik. Balki gol ko'p bo'lmagandir, shunda ham uchrashuv qiziqarli o'tdi. Shukurki yutdik va gol urdim. Muhimi g'alaba.
- Mavsum yakuniga oz vaqt qolmoqda. Sizga boshqa klublardan takliflar bo'lmadimi?
- Balki agentim gaplashgandir. Hozir bor etiborim chempionatga qaratilgan. Uni munosib yakunlash kerak. Chunki oldimizda bittagina o'yin qoldi. Keyinchalik dam olishni rejalashtiryapman. Balki boshqa klublar vakillari agentim bilan gaplashayotgandir. Biroq men agentimga bu borada meni bezovta qilmaslikni aytganman. Voqeliklardan bexabarman va bor etiborim shu erga qaratilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar