Adenis Shala: "Paxtakor"dan yaxshiroq o'ynadik"
20 noy 21:21
Yangiliklar
Adenis Shala: "Paxtakor"dan yaxshiroq o'ynadik"
Superliganing 29-turi doirasida "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin "ajdarlar" futbolchisi Adenis Shala fikrlarini bildirdi.
– O'yin haqida
– O'yin og'ir bo'lishini bilardik va unga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Bugun biz “Paxtakor”dan yaxshiroq o'ynadik deb o'ylayman, ammo afsuski, omad biz tomonda bo'lmadi.
– Joriy mavsumdagi ko'rsatkichlaringiz havas qilarli emas. Superligaga moslashishingizga nimalar to'sqinlik qildi?
– Men faqat oldinga qarab intilaman. Futboldagi ko'rsatkichlar atigi olti oy bilan o'lchanmaydi. Jarohat olgan edim va bir oy maydondan tashqarida qolishga to'g'ri keldi. Hozir bor etiborim oldimga qo'ygan maqsadlar va o'z o'yinimni yaxshilashga qaratilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar