Kamoliddin Tojiev: "Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi"
20 noy 2025 21:54
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi"
- Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Ikki jamoada ham golli vaziyatlar etarlicha bo'ldi. Kim gol ursa, o'sha yutib ketishi kerak edi. Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi deb o'ylayman.
- G'alaba bilan tabriklayman. Kecha termadan uchib kelgan futbolchilarning holati qanday bo'ldi? Ular o'yin oldidan bo'lgan mashg'ulotda qatnashishdimi?
- Ular soat kechki 10dan o'tib jamoaga qo'shilishdi. Mashg'ulot ham o'tkazishmadi. Shifokorlarimiz ularni tiklab, o'yinga shay holatga keltirishdi va bu natijasini berdi.

- So'nggi turda "Navbahor"ga qarshi safarda bo'ladi. O'tgan yili 5:2 hisobi qayd etilgandi. Ushbu uchrashuv haqida gapirsangiz.
- Oxirigacha kurashamiz. So'nggi o'yinda ham bor kuchimiz bilan o'ynab, g'alabaga erishishga harakat qilamiz.
- Maqsad kumush medalmi?
- Ha.
- Mavsum boshida yo'qotilgan ochkolar vaqtida jamoada boshqa murabbiy ishlayotgandi. Siz boshqaruvni qo'lingizga olganingizdan keyin safarda "Qo'qon-1912" hamda "Sho'rtan"ga qarshi o'yinlarda rotaciya sababli ochkolar yo'qotdi. Agarda jamoa asosiy tarkib bilan o'ynab, g'alaba qozonganida "Paxtakor"da ham chempionlik uchun imkoniyat bo'lardi.
- Qo'l ostimda 20 nafar futbolchi bor, shu sababli katta rotaciya qilmagandim. Ha, o'shanda yo'qotilgan ochkolar bizga kerak bo'lardi. Biroq bu futbol, bu shunaqa sport. Qo'l ostimdagi barcha futbolchilarni asosiy tarkib futbolchilari deb hisoblayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar
Келгуси фаолиятингизга омад.
Мехнатингиз куз тегмасин, самарали булди.