Vadim Abramov: "Samarqand JCHga mezbonlik qiladigan stadionga ega bo'lishi kerak. Chempionlik uchun kurashmayotganimizga o'zimiz aybdormiz"
31 okt 00:39
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Samarqand JCHga mezbonlik qiladigan stadionga ega bo'lishi kerak. Chempionlik uchun kurashmayotganimizga o'zimiz aybdormiz"
"Xorazm" quvnoq jamoa. Birinchi davrada ham 0:1 hisobida mag'lub bo'layotgan vaqtimizda o'yinni o'zgartirib yuborgandik. G'alati gol o'tkazib yubordik, yo'q joydan. Yaxshiyamki birinchi bo'limda boshqa gol o'tkazib yubormadik. Ikkinchi bo'limda esa o'yinimizni to'g'rilab oldik. "Xorazm" yaxshi jamoa. Muxlislarimizni tabriklaymiz. Baribir noto'g'ri o'ynayapmiz, ayniqsa himoyada. O'zimizga bo'lgan ishonch oshib ketyaptimi bilmadim" - dedi Vadim Abramov bahs yakunlangach.
- Hojimirzaev jarohat oldi va Hoshimov ham o'zini yaxshi his etmagandek. Jamoa ikkinchi bo'limni hujumchilarsiz o'tkazdi...
- O'rozovni yo'q joydan sariq kartochka oldi va "Bunyodkor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bir nechta futbolchilarimiz bo'lajak o'yinda ishtirok etmaydi. Hoshimov biroz ehtiyotkorlik bilan o'ynamoqda. Shu sabab uni zaxiraga oldik. Hujumchisiz o'ynadik deyish noto'g'ri, sababi Firdavs Abdurahmonov maydonda edi.
- Himoyachilarimizda biroz o'ziga bo'lgan ishonch bordek va shu sababli gol o'tkazib yubordik dedingiz. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?
- Bilmadim. Menimcha, bitta gol o'tkazib yuborsak, ikkita gol urib yutib ketamiz degan xayol bo'lsa kerak. Ruhiy jihatdan muammo bor. Ayb faqat himoyachilarda emas, xavbeklar ham ortga qaytishga ulgurmayapti.

- OAVda yozilishicha, "Dinamo" keyingi mavsumda o'z oldiga yanada kattaroq maqsadlar qo'yishi va moliyaviy jihatdan imkoniyatlar yanada kengayishi mumkin ekan. Chempionlik - asosiy vazifa etib belgilanarmish. Rahbariyat bilan gaplashmadingizmi? Ushbu gap-so'zlar qanchalik rost bo'lishi mumkin?
- Umid qilamanki, bu gaplar rost. Men har doim bunday maqsadlar qo'yilishi tarafdoriman. Rahbariyat aniq bir maqsadni belgilab bermagan bo'lsa ham, o'zimiz shunga intilishimiz kerak. Samarqanddek shaharda katta ambiciyalarga ega klub bo'lishi kerak. Menimcha, bunday vazifa qo'yilishi kerak.
- O'tgan mavsumda "Dinamo" Superligadagi eng kam byudjetga ega jamoa deb aytgan edingiz. O'zi joriy mavsumda jamoaning moliyaviy imkoniyatlari yaxshilandimi?
- Bizga keyingi mavsumda barchasi barqaror bo'lishini vada berishgandi. Shunday ham bo'lishiga umidvorman. Hokim klubga etibor qaratmoqda, ammo hozir u inson band. Samarqand o'ta katta ahamiyatga ega shahar va shu sababli uy o'yinlarimizni o'tkazib yuboryapmiz. Muammo faqat shunda. Samarqanddek shahar yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan stadionga ega bo'lishi kerak deb o'ylayman. Yangi stadion quriladi degan umiddaman.
- "Dinamo"da qoldirilgan o'yin tufayli jadval biroz tig'iz. Zich grafik jamoaga qanchalik qiyinchilik tug'dirishi mumkin.
- Biz ahmoqona tarzda ko'p ochkolar yo'qotdik. Agar shunchaki penaltilardan foydalana olganimizda Kubok finalida o'ynagan bo'lardik. Shuningdek, yana qo'shimcha to'rt ochkomiz bo'lardi. Chempionlik uchun oxirigacha kurashmayotganimizga o'zimiz aybdormiz, ammo nazariy jihatdan hali ham imkoniyatlarimiz bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar