Karrager "Liverpul" haqida: "Mavsumni to'laqonli parokanda qilish uchun markaziy himoyachi jarohat olsa bo'lgani"
20 noy 2025 22:50
Yangiliklar
Karrager "Liverpul" haqida: "Mavsumni to'laqonli parokanda qilish uchun markaziy himoyachi jarohat olsa bo'lgani"
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karragerning fikricha, klub markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolamasa, mavsum parokandalikka yuz tutishi mumkin.
"Liverpul" yanvar oyida ko'p pul sarflashi, yozda sotib olinishi kerak bo'lgan markaziy himoyachini qishda sotib olishi kerak.
Ular yozda buni amalga oshirmadi, olingan yagona markaziy himoyachi Leoni esa Liga Kubogida o'tkazgan o'yinida yuqori darajada ekanligini ko'rsatdi. Biroq u jiddiy jarohat oldi, endi uni kelasi mavsumda ko'ramiz.
"Liverpul"da mavsumni to'laqonli parokanda qilish uchun markaziy himoyachi jarohat olsa bo'lgani. Shunday holatdagina ular yanvarda himoyachi sotib olishni o'ylashadi.
Yozda klub yana bir qancha futbolchilarni sotib olishi kerakligini aytgandim va fikrimda qolaman", - dedi Karrager.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar