Mane 2015 yilda nega MYUga o'tmaganini aytdi
21 noy 00:24
Yangiliklar
Mane 2015 yilda nega MYUga o'tmaganini aytdi
"O'shanda "Manchester Yunayted"dagilar qo'ng'iroq qilishgandi. Men van Gal bilan gaplashdim. O'shanda jamoada Runi, Di Mariya, Depay kabi futbolchilar bo'lardi. Ular meni olishmaganidan keyin Marsyal bilan shartnoma imzolagandi.
Van Gal qo'ng'iroq qilib: "Sado, yaxshimisan? Nimalar bilan bandsan? Seni "Manchester Yunayted"ga o'tishingni istayman", degandi.
Men esa: "Rostan?, deganimda u ha dedi. Men esa agentim bilan gaplashishimni aytdim.
Keyin esa u: "Senga qaysi holat yaxshi bo'lishini ko'ramiz. Bilaman, sen zo'r futbolchisan. Sen orqali jamoa kuchayadi. Men ham sening kuchayishing uchun yordam beraman".
Shundan so'ng undan so'radim: "Mayli, lekin Sizda Depay, Runi, Di Mariya, van Persi bor. Men qaerda o'ynayman? Men faqatgina o'ynashni istayman".
U esa: "Sen yaxshilab shug'ullanaver. Agarda o'zingni ko'rsatsang, o'ynaysan. Biroq tarkibimizda kuchli futbolchilar ko'p".
Bu gaplar menga yoqmadi. Murabbiy bilan gaplashganimda u faqatgina etarli darajada yaxshi bo'lsamgina o'ynashimni aytdi. Aks holda...
O'shanda men unga shunchaki tayyor emasligimni aytsam bo'lardi. Yosh edim va o'zim istagan darajaga chiqishim uchun 2-3 yil kerak edi. "Sautgempton"da o'ynardim va barqarorlik menga etishmasdi. Shunda unga: "Ko'ramiz", deb qo'ygandim.
Keyinchalik men "Tottenxem" bilan ham uchrashganman. Klub qarorgohiga kelib, ularning loyihasi bilan tanishganman. Bu MYUning loyihasidan qiziqroq edi. MYUdagi asosiy muammo esa futbolchilarning ko'pligi bo'lgandi", - dedi APLda "Liverpul"da ham o'ynagan hozirda esa "Al Nasr"da faoliyat olib borayotgan vinger.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar