So’nggi yangiliklar

21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  1 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  1 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  2 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  42 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  2 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0 19:28Ислом Исмоилов: "Италия — нафақат Европанинг, балки мундиалнинг энг кучли жамоаларидан бири"  5 19:10Ўзбекистоннинг италиялик таҳлилчиси Каннавародан таклиф, "Squadra Azzurra"нинг муваффақиятсизлиги ҳамда U-17 жаҳон чемпионати нимчорак финали ҳақида гапирди  0 18:48AS: Зидан ёзда Франция терма жамоасини бошқаради   0 18:27Конате "Ливерпуль" билан янги шартномаси ҳақида: "Бу мураккаб жараён, биз ҳамма нарсани айта олмаймиз"  1 18:00U-19 чемпионати. "Пахтакор" "Насаф"ни 3 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, чемпионликни тантана қилди  21 17:04"Милан" "Реал" дарвозабонига эътибор қаратди  0 16:29"Бухоро" – "Нефтчи" учрашувидаги четлатиш тўғри қарорми? Суперлиганинг 28-туридаги ҳакамлик таҳлили  3 16:07"Барселона" ёзда "Боруссия Д" ҳимоячиси билан шартнома имзолашга ҳаракат қилади  0

"Sharmandalik, bu sharmandalik!" Yangiliklar

"Sharmandalik, bu sharmandalik!"

"Retro futbol" rukni orqali navbatdagi o'yinni yodga olamiz.

2009 yilgi UEFA chempionlar ligasi yarim finalida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Barselona" Gus Xiddink boshqaruvidagi "Chelsi" bilan to'qnash kelgandi. Kataloniyada kechgan birinchi bahsda hisob ochilmagan va barchasi "Stemford Bridj"da hal bo'lishi oydinlashgan. Javob o'yini esa hakam tufayli necha yil o'tsa ham muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Londondagi uchrashuvning 9-daqiqasida Maykl Essen supergol urdi - 1:0. Birinchi taymining o'zidayoq bahsli vaziyatlar yuzaga keldi. Har ikki holatda ham "Chelsi" futbolchilari "Barselona" darvozasiga penalti belgilashni talab qilishdi — avval maydonga Maluda yiqildi, keyin esa Drogba. Sky Sports keyinchalik har bir bahsli epizodni batafsil tahlil qildi va telekanal ekspertlari fikricha: birinchi vaziyatda penalti berishga asos yo'q edi, ikkinchi vaziyatda esa penalti belgilanishi kerak edi. Sababi Abidal Drogbaning yo'lini to'sib qo'ygandi.

Tanaffusdan keyin esa haqiqiy tomosha boshlandi. 60-daqiqada Drogba yana raqib jarima maydonida yiqildi, ammo o'sha epizodda Ture tomonidan fol bo'lgan taqdirda ham, u jarima maydoni tashqarisida edi.

Keyin esa Evrebe yana bitta katta xato qildi — Abidalni "so'nggi umid foli" tufayli qizil kartochka bilan maydondan chiqarib yubordi. Aslida esa Anelka o'z oyog'iga o'zi qoqilib yiqilgandi, bu takroriy lavhalarda juda yaqqol ko'ringan.  

"Barselona"ning qutqaruvchi goligacha bo'lgan vaqtda to'p katalonliklar jarima maydoni ichida Pikening qo'liga tegdi. Pike qo'lini ochiqchasiga yon tomonga cho'zgan va jarima maydoni ichida turgandi. Ekspertlar fikricha, bu 100% penalti edi.

Bu epizod ham tez unutilib ketgan bo'lardi, agar qo'shib berilgan daqiqalarda Inesta "Barselona"ni qutqarib qolmaganida. O'sha lahzada "Stemford Bridj"dagi harorat cho'qqiga chiqdi: mehmonlar xursandchilikdan telbadek yugurishardi, mezbonlar esa g'azabdan jinni bo'lishdi.

Gol o'tkazib yuborgandan keyin Evrebe "Chelsi"ga oxirigi hujum uyushtirishga imkon berdi, bu hujum yana penalti talab qilish bilan tugadi — Ballakning zarbasidan keyin to'p jarima maydoni ichidagi Eto’Oning qo'lining orqa tomoniga tegib qaytadi. Hakam xotirjamlikni saqlab qolishga urinardi, lekin Ballak va Drogba unga tashlanganda buni uddalay olmadi. Hozirgacha ularni maydonning o'zidayoq hakamni urib-tepib tashlamaganlari hayron qoldiradi. Nemis va afrikalik futbolchi go'yo hakamni tiriklayin eb qo'yishga tayyor edi.

Uchrashuv yakunlanishi bilan Drogba TV kameralariga qarab, ko'zlarini katta-katta qilib "sharmandalik, bu sharmandalik! deb baqiradi.  

Eng muhimi — o'yindan keyin hakamni tahdidlarga ko'mib tashlashdi. Unga qo'ng'iroq qilishdi, SMS va xatlar yozishdi, ularning ohangini tasavvur qilish qiyin emas edi. Evrebe bir necha bor o'ldirish bilan qo'rqitishganini, jumladan butun oilasini yo'q qilib tashlash bilan tahdid qilishganini tan olgandi. Finaldan keyingi dastlabki kunlar u qo'rquv ichida yashadi, keyinchalik ko'nikib qoldi. Bir necha yil o'tib Evrebe hali ham "Chelsi" muxlislaridan haqoratli xatlar olib turganini aytdi.

2023 yilda norvegiyalik hakam evrokuboklardagi yangi qoidalar haqida afsus bilan gapirgandi: "Qani edi, o'sha paytda VAR bo'lganida", — degandi u. Haqiqatan ham, VAR o'sha o'yinning borishini butunlay o'zgartirgan bo'lardi va ehtimol, hisob ham, natija ham boshqacha bo'lardi. Lekin "Barselona" va "Chelsi" o'rtasidagi to'qnashuv aynan shu ko'rinishda futbol tarixiga kirdi. Mana shunday retro o'yinlarni telegramdagi maxsus kanal orqali kuzatib borish ham mumkin.


UEFA chempionlar ligasi. 1/2 final. Javob o'yini
"Chelsi" (Angliya) — "Barselona" (Ispaniya) — 1:1
6 may 2009 yil. London. "Stemford Bridj" stadioni. 37 857 tomoshabin.
Bosh hakam
: Tom-Xenning Evrebe (Norvegiya).
Gollar: Essen, 9 (1:0). Inesta, 90+3 (1:1).
"Chelsi": Chex, E.Koul, Terri, Aleks, Bosingva, Anelka, Essen, Ballak, Lempard, Maluda, Drogba (Belleti, 72).
"Barselona": Viktor Valdes, Daniel Alves, Pike, Yaya Ture, Abidal, Messi, Buskets (Krkich, 85), Keyta, Xavi, Inesta (Gudonsen, 90+6), Eto'O (Silvinyu, 90+7).
Ogohlantirishlar: D Alves 30, Essen 74, Aleks 77, Eto'O 90+1, Inesta 90+3, Ballak, 90+6, Drogba (o'yin tugagach).
Chetlatish: Abidal 66.
Birinchi o'yin — 0:0.

Reyting: +1   

Fikrlar

+5   
17 noy 21:29:07
Sho‘rchidan
Voy bo‘o‘o‘o‘o‘o‘. Top-toza, qip-qizil madridcha shantaj, provakatsiya-ku bu. Lekin silarni valdiraganlaring haqiqat bo‘maydi. Mana haqiqat. Ko‘rib olinglar madridlik echkilar:
https://www.instagram.com/reel/DFotxzBI57Z/
+4   
17 noy 21:55:53
Sho‘rchidan
Davron Narziyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Barsa nohaq yutgan, tuda suda degan gaplarni hammasi ko'ra olmaslik sabab. O'sha ikkala uyinni tahlil qilinsa Barsa zarariga qarorlar salmoqlik. Aslida Hechkim erisholmagan natijaga erishgani sabab Madrid tomonni keti yonib ketgan. 2010 yili interni qulog'i dan tortib chempion qilishgan. Barsa ga qarshi yaqqol nohaqlik lar bolgan.
Xuddi shunday. Hatto Interni 200 % ofsayddan urilgan bitta golini ham hisoblashgan. Faktlar tiqilib yotibdi. Lyuboyini og‘ziga uraman faktlar bilan chuldirayotgan bu chala madridlarni.
+3   
17 noy 21:49:45
Davron Narziyev
Sho‘rchidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Voy bo‘o‘o‘o‘o‘o‘. Top-toza, qip-qizil madridcha shantaj, provakatsiya-ku bu. Lekin silarni valdiraganlaring haqiqat bo‘maydi. Mana haqiqat. Ko‘rib olinglar madridlik echkilar: https://www.instagram.com/reel/DFotxzBI57Z/
Barsa nohaq yutgan, tuda suda degan gaplarni hammasi ko'ra olmaslik sabab. O'sha ikkala uyinni tahlil qilinsa Barsa zarariga qarorlar salmoqlik. Aslida Hechkim erisholmagan natijaga erishgani sabab Madrid tomonni keti yonib ketgan. 2010 yili interni qulog'i dan tortib chempion qilishgan. Barsa ga qarshi yaqqol nohaqlik lar bolgan.
+3   
17 noy 21:43:54
Хожиакбар Хаитназаров
FC_BARCELONA_UZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Admin birinchi o'yinni ham eslab o'tmabdida, Barselona zarariga ishlagan ko'plab qarorlar bo'lgan. Hal qiluvchi o'yin bo'lgani uchun ko'p eslanadi. O'zi nimaga aynan bugun shu o'yin haqida maqola chiqdi?!
Нарироқда Барсачила бир бирини поддержка қб, плус босиб, қотишвотган каминтлани кўргандурде)) ачишиб кетвотганидан сразу шуни ўйлаб топиб ёзган.
+3   
17 noy 21:42:50
Sho‘rchidan
Mana bu esa realni xarom o‘yinlari. Shunchalik ko‘pki, serial bo‘b ketadi. Bu ozginasi:
https://www.instagram.com/reel/DDRsTPdOW5k/
+3   
17 noy 21:29:58
Play Mqrket
Реални ёки Челсини мужик мухлислари борми? Ўша ўйинни ростан кўрганла борми ёки фақат рилс кўрганмисанлар? Биринчи ўйинда Баллак 3 та қизилга тортадиган иш қилган хакам аяган. Басингва Анрини тортиб йиқитиб ташаган пеналти йўқ. Иниестани юзига қўл билан урилган. Это О ни тоза голи офсайд деб топилган. Месси тепганда Баллак қўл билан ўйнаган пеналти берилмаган. Хуллас ўйин ўтиб кетти. Барсани мухлислари кўтмас ўтиб кетган нарсани қайта чайнаб юрадиган. Ишонмаганинг youtube дан қидирсанг чиқади рус инглиз тилида тахлил қилиб фактлар билан келтириб берилган видеолар кўп. Видеода изоҳларга қаралса кўпи тан олган аслида Барсани нохақ айблаб юрганини.
+3   
17 noy 21:06:27
Барса Самарканд
Хакамлар бошка жамоаларга хам куп ёрдам берган кани админ бир ёзингчи маколалардан
+3   
17 noy 20:53:47
Umid Tursunov
Hech kim nohaq berilgan qizil haqida gapirmedi. Barselonada shuni aksi bolgandi buni gapireshmedi....
+3   
17 noy 20:43:04
Хожиакбар Хаитназаров
Мамбетда Роналду хонасида коммент ёзган, лекин Барсачилар томонидан хўрлаб ташланган админ сразу шуни ўйлаб топиб ўзини юпатвотти))
+2   
17 noy 21:39:12
FC_BARCELONA_UZ
Admin birinchi o'yinni ham eslab o'tmabdida, Barselona zarariga ishlagan ko'plab qarorlar bo'lgan. Hal qiluvchi o'yin bo'lgani uchun ko'p eslanadi. O'zi nimaga aynan bugun shu o'yin haqida maqola chiqdi?!
+2   
17 noy 21:06:39
Davron Narziyev
Hakam qanday qilib Abidalni chetlatganini tushunish o'ta qiyin. Birinchi o'yinda Chelsega yaqqol yon bosilganini gapirmay qo'yavering
+2   
17 noy 21:04:16
Хожиакбар Хаитназаров
Adis Azizxanov foydalanuvchining fikriga javob berish
бу хато дейилмайди, бу аник ён босиш дейилади. хато 50 га 50 вазиятларда ёки курмай колганда булади. битта санаб курингчи нечта шунака вазият булган ва нечтаси 50 га 50 вазияту нечтаси 100% лик ён босиш
Брат, бир метрли офсайдан урилган голли ҳисоблаган ҳакам адашганми ё ён босганми, нима дисс?!))
+1   
17 noy 22:05:10
Tulkin Alimov
Xojakbar Xaitov foydalanuvchining fikriga javob berish
А сила урганиб когансилар шунака харомларга нагли куриниб турибди хеч бумасам тугри ушанда Барса гирром ютганийди диселар буларди
Сенга олдин ҳам айтгандим, йил далбоебисан деб.
Илтимосинга биноан яна айтаман, йил далбоебисан.
Истасанг исботлабам беришим мумкун, далбоеблигингни.
+1   
17 noy 22:02:31
leva8989
Kataloniyadagi o'yinda Barsa zarariga qarorlar chiqqanichi...Chelsi haligacha Barsa va Real darajasida emas
+1   
17 noy 20:52:42
Хожиакбар Хаитназаров
Sardorbek.. foydalanuvchining fikriga javob berish
19 yosh edim nimeydi
ҳа, ҳеч нима шунчаки сўрадим қизиқиб. Не дарров нимейдилаб ташавосс? ўйин зўр бўлган лекин. у вохтда ҳақиқий футбол ўйналарди эркеча. Ҳозир футболчилаям анча нозулашиб кетган.
Дрогба, Баллакла севимли ўйинчиларим эди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика