U-17 JCH. Italiya – O'zbekiston (matnli translyaciya)
18 noy 17:30
Yangiliklar
U-17 JCH. Italiya – O'zbekiston (matnli translyaciya)
U-17 Jahon chempionati. 1/8 final
Italiya – O'zbekiston 1:0
Doha. "Espayr" akademiyasi. 8-maydon
Hakamlar: Ivo Mendes, Saavedra Edvar, Antello Jezus (barchasi – Boliviya), Paulo Zanovelli (Braziliya)
Italiya: 12.Alessandro Longoni, 2.Dauda Iddrisa, 4.Vinchenco Prisko, 6.Luka Rejani, 9.Tomas Kampanello, 10.Samuele Inasio, 11.Destini Elimogale, 13.David Marini, 15.Kristiano De Paoli, 17.Valerio Makkaroni, 18.Federiko Steffanoni.
Zaxira: 1.Franchesko Cereser, 21.Sebastyano Nava, 3.Jan Mambuku, 5.Leonardo Bovio, 7.Andrea Luongo, 8.Alessio Baralla, 14.Fabio Pandolfi, 16.Benit Borasio, 19.Antonio Arena, 20.Simone Lontani
O'zbekiston: 1.Ibrohim Shokirov, 4.Mo'minxon Baxodirxonov, 5.Amirxon Muradov, 7.Sadriddin Hasanov, 9.Nurbek Sarsenbaev, 11.Sayfiddin Sodiqov, 13.Abdulmalik Anvarov, 15.Muhammadali Musaxonov, 16.Azizbek Abdumo'minov, 18.Abubakir Shukurullaev, 19.Azizbek Erimbetov.
Zaxira: 12.Bahodir Izboskanov, 21.Nematulloh Rustamjonov, 2.Qahramon Turg'unov, 6.Miraziz Abdukarimov, 8.Abdusamad Saidov, 10.Muhammad Habibullaev, 14.Behruz Saidmurodov, 17.Jamshidbek Rustamov, 20.Asilbek Aliev.
MATNLI TRANSLYACIYA
22. Sarsenbev raqib jarima maydonida yiqildi. Hakam dastlab penalti belgiladi, so'ngra o'yindan tashqari holatni qayd etdi.
19. GOL! Tomas Kampanello darvozabondan qaytgan to'pni O'zbekiston darvozasiga yo'llab, hisobni ochdi.
15. Hasanov yaxshi zarba berdi, biroq endi to'p yo'nalishi mobil o'yindagi singari boshqa tomonni ko'rsatib yubordi.
12. Inasioning zarbasidan so'ng O'zbekiston darvozaboni to'pga nisbatan universitetlarda kechikkan talabalarni kutib oladigan dekan o'rinbosariga o'xshash munosabatda bo'ldi.
9. Abdumo'minovning jarima maydonidan yo'llagan zarbasi to'pga oyog'ini qo'yishidan oldin qo'rqinchli tuyuldi.
7. Hasanovning jarimadan tepgan to'pi uzatmami yoki zarbami – zakovat bellashuvlari uchun tayyor savolga aylandi.
4. O'zbekistonliklarning zarbasi raqib himoyachisidan maydonni tark etdi.
1. O'yin boshlandi. Albatta, bugun hamyurtlarimiz O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlashi shubhasiz. Biroq men Italiya uchun qayg'uraman. Sababi, bir necha kundan so'ng Turinda xalqaro kinofestival boshlanadi. Shu bois, mazkur mamlakat azolari vataniga o'z vaqtida qaytib, ajoyib filmlardan bebahra qolmasligini chin dildan istayman.
Jamoalar maydonga chiqishdi. Italiya ko'k, O'zbekiston oq liboslarda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar
Олга Узбекистон факат ва факат олга