So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  22 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  68 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  3 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  175 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  15 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

Vadim Abramov: "Samarqanddagi mag'lubiyat alamini oldik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Samarqanddagi mag'lubiyat alamini oldik"

Superliga 28-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Dinamo" (1:3) uchrashuvidan so'ng "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Uchrashuvni qanday o'tganini hamma ko'rdi. Shuni aytishim mumkin, "Bunyodkor" yaxshi jamoa. Biz Samarqandda birinchi mag'lubiyatni shu jamoadan qabul qilib olgandik. Shu bois yigitlarni ruhlantirishga ortiqa hojat bo'lmadi. Jamoamizga o'zini ko'rsatgani va g'alaba qozonganimiz uchun rahmat aytaman. O'ylaymanki, o'yin muxlislarga yoqdi.

- "Dinamo" o'n yil deganda safarda "Bunyodkor"ni mag'lub etdi. 

- Bundan xursandman. To'g'risi, sanalarga etibor bermayman. Faqat o'yin haqida o'ylagandik. Samarqanddagi mag'lubiyat juda alam qilgandi. Bugun o'sha mag'lubiyat alamini olishga harakat qildik. "Bunyodkor" bizga etib olmasligi uchun ham g'alaba qozonishimiz kerak edi. Bugun "Paxtakor" ham ochko yo'qotdi, bu esa bizga qo'shimcha imkoniyat beradi. Yana uchta o'yinimiz qoldi, bor etiborni keyingi bahslarga qaratamiz.

- Bugun "Dinamo" uzoq masofadan ko'p zarbalar berdi. Bu o'yinga belgilangan maxsus rejamidi?

- Futbolda shunaqa: raqib qancha imkon bersa, jamoa ham shunga qarab o'ynaydi. Raqib jamoaviy himoyalanganda yorib kirishga imkon kam edi, shu bois uzoqdan zarbalar ko'p berildi.



- Hujum chizig'ida o'ynagan yoshlarning o'yini haqida fikringiz?

- Bugun yoshlarimiz yaxshi harakat qildi va ularning o'yinidan qoniqdim. Masalan, O'rmonjonovning chap oyog'ini ko'proq yopishga harakat qilishdi. U bundan ham yaxshi o'ynay oladi.

- Ko'p futbolchilarda shartnoma muddati tugayapti deb eshitdik. "Dinamo" futbolchilarni saqlab qola oladimi?

- To'g'ri aytdingiz, shartnomalar tugayapti. Lekin futbolchilarimizga qiziqish kattami-yo'qmi, bilmayman. Chempionat tugasa ko'ramiz. Hozir bir narsa deyish qiyin. Odamzot shunaqa: qaerda qulay bo'lsa, o'sha joyga talpinadi. Xuddi baliq suvning tubini xush ko'rgandek. Biz ham o'z imkoniyatimiz darajasida ish tutamiz.

- Futbolchilarning kutilmaganda jarohat olishiga munosabatingiz?

- Gap shundaki, biz qaerda o'ynasak, o'yindan oldin maydonga suv sepishadi. Biz esa qattiq maydonda mashg'ulot o'tkazishga o'rganib qolganmiz. Mashg'ulotlarda faqat rezina butsilar kiyishadi, chunki maydon qattiq. O'yinlarni esa yumoshoq maydonda o'tkazamiz. Aksar futbolchilarimiz faqat o'yin kuni tishli butsi kiyadi. Bu ham tasirini o'tkazsa kerak.

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
08 noy 21:14:49
Soccerland777
Баракалла Вадим ака!
+1   
08 noy 21:03:58
Shakhruzz 7o1
Jonamba zan Dinamo
   
08 noy 21:59:09
Фарход
Рахмат йигитлар. Самарканд ишкибозларини хурсанд килдиларингиз . Аллохнинг истаги, футболистларимизни харакати, Карленовични фартовийлиги сабаб Бронза медалларга эга булишади Иншооллох
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика