"Arsenal"ga MYU tarbiyalanuvchisi kerak
21 noy 00:57
Yangiliklar
"Arsenal"ga MYU tarbiyalanuvchisi kerak
"Arsenal" "Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktomineyga qiziqish bildirmoqda.
O'z navbatida "Tottenxem", "Everton" hamda 28 yoshli futbolchining sobiq klubi "Manchester Yunayted" Skott Maktomineyni kuzatmoqda.
"TEAMtalk" malumotiga ko'ra, neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte shotlandiyalikni jamoasining asosiy futbolchisi sifatida ko'rmoqda va uni kam pulga sotib yubormaslik kerakligini aytgan. "Napoli" esa futbolchisini 80 million evrodan kamiga sotmoqchi bo'lmayapti. Yarim himoyachining o'zi Neapolda baxtli va faqatgina yaxshi loyihalar bo'lsa Angliyaga qaytishga tayyorligini bildirgan.
Maktominey ushbu mavsumda barcha turnirlarda 14 o'yinda qatnashib, 4 gol va 1 assist qayd etdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2028 yil yoziga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar