Vadim Abramov: "Chempionat tugashiga ikkita tur qolganida masuliyatni to'liq his qilib turibmiz"
15 noy 20:47
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Chempionat tugashiga ikkita tur qolganida masuliyatni to'liq his qilib turibmiz"
O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Doimgidek mavsum oxirlariga kelib hamma uchrashuvlar qiyin bo'lib boryapti. Bugun ham qiyin o'yinlardan birini o'tkazdik. Negadir ikkinchi goldan keyin futbol o'ynashni to'xtatdik. O'ziga yarasha muammolar yuzaga keldi. Darvozamiz tomon bir nechta burchak to'plari tepildi. Biz muxlislar uchun o'ynaymiz va bahsni nazorat qilishimiz mumkin edi.

- Ulug'bek Hoshimov birinchi taymdan keyin almashtirildi.
- U jarohatini davolab endi maydonga qaytdi. Katta pauzadan keyin tushirishga to'g'ri keldi, shu bois birdaniga to'liq o'ynata olmasdik.
- Bilamizki, siz raqamlarga ko'p ham etibor bermaysiz. Lekin bu "Dinamo" bosh murabbiyi sifatida 101-o'yiningiz bo'ldi.
- To'g'ri aytdingiz, men statistikani kuzatmayman. Chindan ham bu 101-o'yinim ekanligini bilmasdim. Etibor uchun rahmat. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Muxlislarga ham alohida rahmat.
- Superliga tugashiga ikkita tur qoldi. Ko'p futbolchilarning "Dinamo"dan ketayotgani haqida gaplar quloqqa chalinyapti. Masalan, Ratino ham ketar ekan.
- Men bu haqda oldin ham aytgandim, futbolchilarimizga qiziqish bor. Lekin bizning ishimiz ularni olib qolish. Har yili mavsum oxiriga kelib bunday gaplar chiqadi va bu futbolda normal holat. Hamma gap klub qanday yo'l tutishida.
- Navbatdagi bahs "Qo'qon-1912"ga qarshi kechadi va bu o'yin ham "Dinamo" uchun juda muhim. Chunki jamoa uchinchi o'rindan pastga tushmasligi lozim.
- Bunday masuliyatni jamoadagi hammamiz to'liq his qilib turibmiz. Nasib qilsa, chempionat tugashiga ikkita tur qoldi va har ikkala o'yinni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishni maqsad qilganmiz. Muxlislarni stadionga taklif etib qolamiz.

- Bugun Marko Stanoevich himoyachi sifatida o'ynadi.
- Chunki asosiy himoyachilarimiz davolanish bilan band. Shu bois Markoni o'ynatishga to'g'ri keldi. Va eng qizig'i, bugun himoyachimiz Dmitriy Pletnyov o'zining to'rtinchi sariq kartochkasini oldi va keyingi turni o'tkazib yuboradi. Bu esa yana bitta muammoni keltiradi. Stanoevich kuchli futbolchi, tajribasi ham katta. Aynan uning tajribasiga tayangan holda himoyaga qo'ydik.
- "Dinamo" tarkibida muammolar ko'p, jarohat olgan futbolchilar bor, tarkib optimal ko'rinishda emas. Shunga qaramay, jamoani qanday ruhlantiryapsiz?
- Ruhlantirish... Murabbiylik tajribam shu qadar kattaki, tajribaga tayangan holda ish tutishimga to'g'ri kelyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar