"Uka, unga pas berma. U bizga qarshi o'ynamoqda". Benzema Mendidan "Borussiya"ga qarshi o'yin tanaffusida Vinisiusga pas bermaslikni so'radi
28 okt 2020 17:37
Yangiliklar
"Uka, unga pas berma. U bizga qarshi o'ynamoqda". Benzema Mendidan "Borussiya"ga qarshi o'yin tanaffusida Vinisiusga pas bermaslikni so'radi
"Real" hujumchisi Karim Benzema CHempionlar Ligasi doirasidagi "Borussiya" (Myonxengladbax)ga qarshi o'yinda jamoadoshi Vinisiusdan norozi bo'ldi.
Tanaffusda Benzema hamyurti Ferlan Mendiga o'z noroziliklarini izhor qildi. Hujumchining gaplarini francuz mediasi keltirdi.
"U nima qilmoqchi bo'lsa, o'shani qilmoqda. Uka, unga o'ynama, o'tinib so'rayman. U bizga qarshi o'ynamoqda", - deydi Benzema.
Mendi esa ikkinchi bo'limda Vinisiusga atigi 3ta pas berdi, Benzema esa Juniorga umuman pas bermagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar