Ugo Sanches "Real" olib kelishi kerak bo'lgan futbolchini aytdi
28 dek 2019 20:42
Yangiliklar
Ugo Sanches "Real" olib kelishi kerak bo'lgan futbolchini aytdi
"Real"ning sobiq futbolchisi Ugo Sanchesning aytishiga ko'ra, klub "Tottenxem"dan Xarri Keynni sotib olishi kerak.
"Real"ga 9-raqam uchun ikki nafar futbolchi kerak. Keynning o'yinlarini ancha vaqtdan buyon kuzatib boraman. Uni hattoki 200 million evroga ham sotib olgan bo'lardim. Ronaldu ham qimmat, ammo u "Real"ga nimalar berib ketganini izohlash shart emas.
Yovich ham yaxshi hujumchi, ammo "Real"ga duyoning eng kuchli hujumchilari kerak. Xarri esa shundaylardan biri.
Futbolda eng qiyin ishlardan biri - gol urish. 6-7 nafar futbolchini 300 million evroga sotib olish mumkin, ammo ularning gol urib ketishiga kafolat berib bo'lmaydi. SHu boisdan Keyn uchun 200 million berardim.
Keynni Mbappe bilan tenglashtirish xato. Xarri - Ronalduning o'rinbosari. Mbappe yoki Neymar esa umuman boshqa tipdagi futbolchilar", - dedi Sanches.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar