So’nggi yangiliklar

20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  45 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2

"Real Madrid" "Ayntraxt"ni ishonchli tarzda mag'lub etib, 5-marta UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Real Madrid" "Ayntraxt"ni ishonchli tarzda mag'lub etib, 5-marta UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi

"Real Madrid" "Ayntraxt"ni mag'lub etib, UEFA Superkubogi g'olibiga aylandi.

UEFA Superkubogi. "Real Madrid" - "Ayntraxt" 2:0

Gollar: David Alaba 37', Karim Benzema 65'

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 23. Ferlan Mendi, 4. David Alaba, 3. Eder Militao, 2. Daniel Karvaxal (22. Antonio Ryudiger 85'), 8. Toni Kroos (18. Orelen Tchuameni 85'), 14. Kazemiro, 10. Luka Modrich (21. Rodrigo 67'), 15. Federiko Valverde (25. Eduardu Kamavinga 76'), 20. Vinisius Junior (19. Daniel Sebalos 85'), 9. Karim Benzema.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 6. Nacho, 5. Xesus Valexo, 11. Marko Asensio, 24. Mariano Dias, 7. Eden Azar, 17. Lukas Vaskes. 

"Ayntraxt": 1. Kevin Trapp, 2. Evan N'Dika, 35. Tuta, 18. Almami Ture (21. Lukas Alario 70'), 25. Kristofer Lenc, 8. Jibril Sou, 17. Sebastyan Rode (27. Mario Gyotce 58'), 36. Ansgar Knauff, 15. Daiti Kamada, 29. Yesper Lindstryom (9. Randal Kolo Muani 58'), 19. Rafael Borre.

Zaxira: 31. Yens Gral, 40. Diant Ramay, 20. Makoto Xasebe, 5. Xrvoe Smolchich, 22. Timoti CHendler, 6. Kristiyan Yakich, 11. Farid Alidu, 23. Yens Xyouge.

Ogohlantirishlar: Lukas Alario 90+2'


90+3. O'YIN YAKUNLANDI! "REAL MADRID" UEFA SUPERKUBOGI G'OLIBI BO'LDI!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

81. Toni Kroosning uzoq masofadan darvoza tomon erlatib bergan zarbasi noaniq ketdi.

72. "Real" ajoyib kombinaciyani amalga oshirdi. Valverde jarima maydonchasi ichida turib Benzemaga to'pni erlatib uzatdi, biroq himoyachi xavfni bartaraf etdi.

70. Goldan so'ng har ikki jamoa tarkibida ham o'zgarish bo'ldi. Hali uchrashuv yakuniga 20 daqiqa vaqt bor. Xo'sh, kambek bo'ladimi?

Vinisius Juniorning chap qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatgan to'pini Karim Benzema darvozaga joylab qo'ydi.

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Benzema hisobni ikkitaga oshirdi!

64. Ansgar Knauff jarima maydonchasiga kirib borib darvoza tomon zarba berdi, Kurtua to'pni qaytardi.

61. Kazemironing uzoq masofadan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegdi.

55. XAVFLI VAZIYAT! Mendi chap qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdi. Vinisius Juniorning darvoza tomon bergan zarbasini esa Trapp qaytarib yubordi.

Ushbu bo'lim ham birinchisidan ko'p farq qilmayapti. O'yin tempi yuqori emas.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

45+1. O'yinning dastlabki bo'lim o'z yakuniga etdi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Kazemironing chamasi 25 metrlardan darvoza tomon yo'llagan zarbasini Trapp qaytardi.

Burchakdan uzatib berilgan to'pga "Real" futbolchilaridan biri bosh bilan oldinga uzatdi, Kazemiro ham bosh bilan to'pni uzatdi, David Alaba esa bo'sh darvozaga gol urdi. 

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Real Madrid" hisobni ochdi!

34. O'yin tempi yuqori emas. Hozirgacha jamoalarda bir martadan xavfli vaziyat yuzaga keldi. 

28. Karvaxal hamda Kristofer Lenc to'qnashib ketishdi.

24. Yesper Lindstryom darvoza tomon kuchli zarba berdi, Kurtua xavfni bartaraf etdi. 

17. XAVFLI VAZIYAT! Valverda o'ng qanotdan oldinga o'tib borib to'pni Benzemaga uzatdi. Karim esa to'pni Vinisiusga berdi, braziliyalik futbolchining darvoza tomon bergan zarbasi darvozabondan o'tdi, ammo himoyachi Tuta to'pni qaytarib yubordi. 

14. ZARBA! Daiti Kamada darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvoza tomon zarba berdi, Kurtua esa jamoasi joniga oro kirdi.

8. Valverde to'p nazoratini o'ziga olib, hujum tashkil qilishga urinmoqda.

3. Bahs ancha xotirjamlik bilan boshlandi. Jamoa azolari to'pni o'zlarida saqlab turib, hujumga chiqish yo'llarini izlashmoqda.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Jamoalar bugun mazkur kubokni qo'lga kiritish uchun maydonga tushadilar:

O'YINNI USHBU HAVOLA ORQALI JONLI TARZDA TOMOSHA QILISHINGIZ MUMKIN

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика