Ter SHtegen: "Hammasi yuqori darajada bo'ldi. Messi gol urdi, men esa nolga o'ynadim"
02 dek 2019 16:16
Yangiliklar
Ter SHtegen: "Hammasi yuqori darajada bo'ldi. Messi gol urdi, men esa nolga o'ynadim"
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen LaLiga 15-turi doirasida "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
"Hammasi yuqori darajada bo'ldi. Messi gol urdi, men esa nolga o'ynadim. Biz hammasidan ko'ra ko'proq aynan shuni xohlagandik. G'alabaga erishish uchun oxirigacha himoyalandik va kurashdik. Hamisha himoyada yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz, lekin baribir raqibda vaqti-vaqti bilan imkoniyatlar bo'ladi. Erta bosimni enga oldik, bu biz uchun og'ir bo'ldi.
Umid qilaman-ki, Messi "Oltin to'p"ni yutadi", - dedi ter SHtegen.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar