So’nggi yangiliklar

23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  0 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  4 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  26 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  1 21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  25 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  21 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  2 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  74 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  6

Superliga. "Qizilqum" kubok finalchisini mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" kubok finalchisini mag'lub etdi

Teglar :  QizilqumAGMK
Superliganing 27-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


Uchrashuv boshlandi. 17-daqiqada Elguja Grigalashvilining uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq chiqdi. 21-daqiqada Grigalashvili raqib darvozabonini aldab o'tib darvozani ishg'ol etdi. Ammo darvozaga kirayotgan to'pga Nagaev oyog'ini qo'ydi. Qanot hakami esa Nagaev o'yindan tashqari holatda ekanligini qayd etdi. 

30-daqiqada olmaliqliklar hisobni ochish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lishdi. Zohir Pirimov deyarli birga bir vaziyatga  chiqib zarba berishda adashdi

36-daqiqada Erkin Boydullaev maydon markazida raqib futbolchisidan to'pni olib qo'ydi va chap qanotdan ochilib borayotgan Grigalashvilini to'p bilan taminladi. Gruziyalik futbolchi bir himoyachini aldab o'tib, kuchli zarba bilan hisobni ochdi - 1:0.

 Dastlabki bo'lim yakunlandi. 

56-daqiqada Eldor Boymatovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

68-daqiqada Ivan Nagaev akrobatik usulda ajoyib tarzda raqib darvozasini ishg'ol etdi - 2:0.

70-daqiqada olmaliqliklarning xavfli hujumi, Javlon Guseynovning zarbasini CHeremisiin qaytarib qoldi. 

75-daqiqada Abdumalik Abdullaev o'tkir burchak ostida darvozaga zarba berishga urindi. To'p darvoza to'riga orqa tomondan tegdi.

"Qizilqum"- AGMK uchrashuvini 4562 nafar tomoshabin stadiondan kuzatib bormoqda.

90+1-daqiqada Kamoliddin Murzoev hisobni qisqartirdi - 2:1. 

Uchrashuvda "Qizilqum" g'alaba qozondi - 2:1. 



27-tur. 23 oktyabr, seshanba

18:00 - “QIZILQUM” – AGMK 2:1
Hakamlar:
Akobirxo'ja SHukrullaev, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, SHuxrat Rajabov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Gollar: Elguja Grigalashvili 36, - 1:0 (Erkin Boydullaev). Ivan Nagaev 68, - 2:0. Kamoliddin Murzoev 90+1, - 2:1.

"Qizilqum": Evgeniy CHeremisin, Erkin Boydullaev, Alisher Sanoev (Doniyor Usmonov, 85), Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymatov (Mirjalol Qosimov, 90), Ivan Nagaev, Salim Mustafoev
Zaxira: Erkin Jabborov, Giorgi Kvesieshvili, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Samandar SHodmonov, Nemanya Yovanovich, Bekzod G'anijonov

AGMK: Xurshid Xodjaev, Abduqaxxor Xojiakbarov, Muzaffar Muzaffarov (Oybek Qilichev, 54), Lutfulla To'raev, Zohir Pirimov, Vladimir Bubanya (Kamoliddin Murzoev, 64), Vladislav Kasminin, Abdumalik Abdullaev, Yovan Jokich, Javlon Guseynov, Jamshid Hasanov
Zaxira: Roman Abdulov, Azamat Isroilov, Milosh Trifunovich, G'ulom Haydar G'ulomov, SHahboz Umarov, Alisher Samatov, Nizomiddin Ziyovuddinov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика