So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  2 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

Ilyos Zeytullaev: "Bunyodkor" PFL taqdim etayotgan taqvimni hurmat qiladi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bunyodkor" PFL taqdim etayotgan taqvimni hurmat qiladi"

Superliga 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Hammaga xayrli kech. Bugungi bahsning birinchi taymida jamoamiz o'zining eng yaxshi o'yinlaridan birini ko'rsatdi. Og'ir maydonda yaxshi harakat qildik. Og'ir deganim maydon sifati bilan bog'liq. Bu esa o'yinimizga o'z tasirini ko'rsatdi. Futbolchimiz qizil kartochka olganidan keyin ham o'yinni to'g'ri yo'lga qo'yishga harakat qildik. "Qizilqum" o'z maydonida yaxshi futbol namoyish etishini inobatga olgan holda tayyorlanib kelgandik. Endi tezroq tiklanib "Buxoro" bilan bahsga hozirlik ko'rishimiz kerak. Bu o'yin ham biz uchun finalga xos bo'ladi.

- O'yinlar orasi qisqa bo'layotgani jamoangizga o'z tasirini ko'rsatyaptimi?

- Albatta, bu ham tasir qiladi. Yani futbolchilarning tiklanish jarayoniga tasir qiladi. Birinchidan safarlar bor, ikkinchidan har to'rtinchi kunda o'yin o'tkazyapmiz. Masalan, yana to'rt kundan keyin "Buxoro" bilan maydonga tushamiz. "Buxoro" esa kecha o'ynadi. Lekin biz bu bilan etiroz bildirmoqchi emasmiz. "Bunyodkor" PFL taqdim etayotgan taqvimni hurmat qiladi. Ammo ikkinchi tomondan qisqa kun oralig'ida o'tayotgan o'yinlar baribir jamoa o'yin uslubiga tasir qiladi. Biz esa ishlashda davom etamiz. Mavsumni ko'tarinki kayfiyatda tugatishni maqsad qilganmiz.

- Og'ir maydon va chetlatishni hisobga olmaganda yana nima etishmadi?

- O'ylaymanki, biz yaxshi o'ynadik. Uchrashuv nazoratimiz ostida o'tdi. Balki futbolchimiz maydondan chetlatilmaganida yana gol urgan bo'larmidik. Bu haqda aniq bir gap ayta olmayman. Bu futbol. O'sha vaziyatda o'yinchimiz qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Men ham oldin futbol o'ynaganman va bunday holat istalgan futbolchi bilan sodir bo'lishini yaxshi tushunaman.

- "Bunyodkor" bugun ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko oldimi?

- Agar birinchi taymdagi vaziyatlarni hisobga olsak, biz ikki ochko yo'qotdik. Ikkinchi taymga keladigan bo'lsak, maydonda o'n kishi bo'lib qoldik va ustunlik raqib tomonga o'ta boshladi. "Qizilqum" jismoniy futbol taklif qildi, bitta gol hisobga olinmadi. Shu bois qo'lga kiritilgan bir ochkoni ham Navoiyda kichik "oltin"ni qo'lga kiritdik deb ayta olaman. To'g'risi, bu erga g'alaba qozonish uchun kelgandik.

- Yangi qoidaga ko'ra, faqat jamoa sardori hakam bilan gaplashishi mumkin. Ammo bugun ko'rdikki, bahsli vaziyatlarda ko'plab o'yinchilaringiz hakamning oldiga bordi.

- O'ylaymanki, bu qoidaga sekin-asta moslashib boramiz. Chunki bungacha bunday qoida yo'q edi. Bu o'rinda futbolchilarni ham to'g'ri tushunish kerak, hamma birdaniga yangi qoidaga moslashib ketmaydi. Futbol ehtirosli o'yin va yutishni xohlasang hamma ishni qilishga harakat qilasan. Hechqisi yo'q, sekin-asta qoidalarni o'zlashtirib boramiz. Biz hakamlarni hurmat qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика