So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  1 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Odil Hamrobekov: "Hozirgi murabbiyimiz Timur Kapadze. Uning qo'l ostida CAFA turniriga tayyorgarlik ko'ryapmiz" Yangiliklar

Odil Hamrobekov: "Hozirgi murabbiyimiz Timur Kapadze. Uning qo'l ostida CAFA turniriga tayyorgarlik ko'ryapmiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Odil Hamrobekov CAFA turniridan oldingi fikrlarini bildirdi.

- "Traktor"dagi ilk o'yinimdayoq sovrin yutdik. Bu istalgan sportchi uchun ham yaxshi holat. Taassurotlar zo'r. Mana terma ixtiyoriga ham etib keldik, endi CAFA turniriga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Bu yangi bino. Bu erdagi sharoitlar qanday ekan?

- Yomon emas. Barcha shart-sharoitlar bor. Futbolchining o'yinga tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha sharoitlar etarli.

- Siz bu turnir uchun qanday maqsad qo'yyapsiz? Bu shunchaki o'rtoqlik turnirimi yoki bahslar rasmiy o'yindek o'tadimi?

- Termada klubdagidek ko'p bo'lmaganimiz uchun har bir o'yin, rasmiymi, oddiy turnirmi, o'rtoqlik o'yinimi, bularning barchasidan maksimal foydalanishga harakat qilamiz. Biz oldimizga qo'yilgan asosiy maqsad - jahon chempionatiga chiqishga erishdik. Endi bu yo'lda yaxshi tayyorgarlik ko'rish kerak.

- Dastlabki yig'inda barcha legionerlar ham qatnasha olmayapti. Bu jamoaga qanchalik tasir qiladi?

- Tasir qilishini vaqt ko'rsatadi. Legionerlarning o'rnida o'ynashi kerak bo'lgan futbolchilar ham imkoniyatga ega bo'ladi va termaga loyiqligini isbotlashga harakat qiladi.

- Ertaga matbuot anjumaniga kirmas ekansiz, O'mon termasi haqida fikrlaringiz.

- Turli yoshdagi termalarda O'monga qarshi 2-3 marta to'qnash kelganman. Yaxshi shakllangan jamoa. Natijalari bilan maqtana olmasa ham, raqiblarga jiddiy qarshilik ko'rsata oladigan yaxshi jamoa deb hisoblayman. Hozir Keyrush qo'l ostida yaxshi jamoa bo'lib shakllanmoqda. Bizni yaxshi o'yin kutmoqda.

- Terma jamoa ichida ham bosh murabbiy o'zgarishi bo'yicha gap-so'zlar yuribdimi?

- Termada hozircha yo'q. Oldindan bir nima deya olmayman. Rasman tasdiqlanganidan keyin bir nima deyish mumkin. Hozirgi kunda Timur Toxirovich bizning bosh murabbiy. Uning ko'rsatmalari ostida turnirga tayyorgarlik ko'ryapmiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика