So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

"Dinamo" haq bo'lib chiqdi: "Hakam qarori noto'g'ri!" Yangiliklar

"Dinamo" haq bo'lib chiqdi: "Hakam qarori noto'g'ri!"

Superliga 20-turi doirasida Jizzaxda o'tgan So'g'diyona - Dinamo (1:1) uchrashuvidagi hakamlik bo'yicha Dinamo PFK O'zbekiston futbol Hakamlari markaziga shikoyat xati kiritgan edi.

Bugun, 28 avgust kuni O'zFHM «Dinamo» PFKga rasmiy xat yo'llab, Jizzaxdagi o'yindagi hakamlik Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilganini rasman malum qildi. Unga ko'ra:

Uchrashuvning 3-daqiqasida Anvarjon Hojimirzaevning raqib futbolchisi Filip Ivanovich tomonidan yiqitilgan vaziyatida hakamlarning 11 metrlik jarima zarbasi belgilamagani to'g'ri qaror deb topilgan. Shuningdek, 9, 11, 31, 75-daqiqalardagi vaziyatlarda ham bosh hakamning qarori to'g'ri deb topildi. 90+3-daqiqada Richard Fraydeyga nisbatan raqib o'yinchisi tomonidan to'psiz holatda qo'pollik qilingani esa jarima to'piga (kartochkasiz) asos bo'lishi keltirilgan.

O'yindagi kulminacion voqea – 90+6-daqiqada Oleksandr Kucherenko va raqib o'yinchisi Shohrux Abdurahmonov jarima maydoni ichida to'p uchun kurashgan vaziyatdagi bosh hakamning VARga murojaat qilib, penalti belgilash qarori esa Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan noto'g'ri deb topildi. Bu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmagani va to'p uchun kurash bo'lgani takidlangan.

Hakamlar markazi direktori vazifasini bajaruvchi Mamur Saidqosimov imzosi bilan yuborilgan javob xatida qayd etilishicha, «So'g'diyona» - «Dinamo» o'yinidagi hakamlarning qarorlari o'rganib chiqilib, tegishli jazo chorasini ko'rish uchun hakamlar qo'mitasiga oshirilgan. 

Reglamentning 23-bob, 7-bandiga binoan, shikoyat Ekspert-hakamlar qo'mitasida ko'rib chiqilishi uchun «Dinamo» PFK O'zPFL hisob raqamiga 10 million so'm o'tkazgandi. Shikoyatda keltirilgan tafsilotlar asoslanganligidan kelib chiqsak, reglamentning 23.8-bandiga muvofiq, bu mablag' klub hisob raqamiga qaytariladi. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика