"Qayrat" bosh murabbiyi: "Bunchalik uzoqqa borishimizni kutmagandim"
28 avg 18:07
Yangiliklar
"Qayrat" bosh murabbiyi: "Bunchalik uzoqqa borishimizni kutmagandim"
"Qayrat" bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin jamoasining Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga chiqqani haqida fikr bildirdi.
Saralashning oxirgi bosqichida qozog'istonliklar Shotlandiyaning "Seltik" klubini mag'lub etdi (0:0, 3:2 penaltilar seriyasida).
— Rostini aytsam, boshida bunchalik uzoq boramiz, deb o'ylamagandik. Eng kamida qo'ygan maqsadimiz Konferenciyalar ligasi guruh bosqichi edi. Ammo o'yinlar davomida asta-sekin ishonch paydo bo'ldi, yigitlar o'z kuchiga ishona boshladi. Aytishadi-ku, ishtaha ovqat paytida ochiladi, deb. Haqiqiy imkoniyat paydo bo'lgandan so'ng undan foydalanishga harakat qildik. Ishonch "Slovan" ustidan uyda qozongan g'alabadan keyin keldi. Keyin o'zimiz o'zaro gaplashib qoldik: "Nega yo'q? Nega harakat qilib ko'rmaslik kerak?" Oxir-oqibat shunday bo'lib chiqdi, — dedi Urazbaxtin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar