Pol Parker: "Onana darvozabon emas"
28 avg 20:45
Yangiliklar


Pol Parker: "Onana darvozabon emas"
Kecha mankunianliklar 4-divizion vakili "Grimsbi Taun"ga mag'lub bo'lib, Angliya liga kubogini tark etdi. Ushbu bahsda o'tkazib yuborilgan ikkala golda ham Andre Onana qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.
"Maydondagi istalgan futbolchining haftalik maoshi "Grimsbi"ning barcha futbolchilarinikidan ko'p. Ushbu jamoadagi barcha futbolchilarning haftalik maoshi 200 ming funt chiqadi deb o'ylamayman. "Yunayted"da esa haftasiga bundan ko'p maosh oladigan futbolchilar bor. Bu yomon holatdan dalolat.
Bu xaosga aylanib ketishi mumkin. Ko'chaga chiqar ekanman, odamlar menga qarab: "Darvozaboningizga nima bo'ldi?" deyishadi. Gap shundaki, u darvozabon emas. Gap tamom! "Manchester Yunayted"ga yangi darvozabon kerakligi kundek ravshan. U juda yaxshi pas beradimi, oyoqda zo'r o'ynaydimi, buning umuman farqi yo'q. U darvozasiga kelayotgan zarbalarni qaytarishi kerak", - dedi Parker.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar