So’nggi yangiliklar

21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  3 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  1 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  16 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  64 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4

Paulu Bentuning O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyliga tayinlanishi to'g'ri qarormi yoki noto'g'ri? Yangiliklar

Paulu Bentuning O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyliga tayinlanishi to'g'ri qarormi yoki noto'g'ri?

So'nggi kunlardagi asosiy masalani tahlil qilishga harakat qilyapmiz.

Paulu Bentu Toshkentga etib keldi. Portugaliyalik mutaxassis yaqin kunlar ichida O'zbekiston terma jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ayni paytda terma jamoa Timur Kapadze boshchiligida CAFA kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi va umuman o'zbek futbolining yaqin istiqbolini belgilaydigan har qanday muhim qaror kabi, bu yangilik ham ijtimoiy tarmoqlarda qizg'in muhokama qilinmoqda. Odamlar ikki toifaga bo'lindi – Bentuning tayinlanishini qo'llab-quvvatlovchilar va Timur Tohirovich tarafdorlari. Uchinchi toifa odamlar ham bor: ular betaraf qolib, keyingi voqealarni kutmoqdalar. Biroq bunday odamlar uncha ko'p emas.

Qabul qilingan qarorning mantig'ini tushunishga harakat qilaylik. Buning uchun taxminan bir yil oldingi davrga qaytamiz. O'sha paytda ham Srechko Katanecning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar malum edi. U O'zbekiston milliy terma jamoasining bir necha o'yinlarida ishtirok eta olmagan va uning o'rnini yordamchilari egallagan edi. Katanec 2026 yilgi Jahon chempionatida jamoa bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lmasligi aniq edi.

O'sha paytdayoq O'FA Katanecni almashtirish masalasini ko'rib chiqishni boshlashi lozim edi. Biroq O'zbekiston terma jamoasini oldinda 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi o'yinlari kutayotgan edi. Vaqt tanqisligi sharoitida yakunda o'zini oqlagan yagona to'g'ri qaror qabul qilindi – jamoaga Timur Kapadze bosh murabbiy etib tayinlandi. U O'zbekiston U-23 terma jamoasi va "Olimpik" bilan muvaffaqiyatli ishlagan, shuningdek, mahalliy futbolchilarni juda yaxshi bilardi. Ehtimol, aynan shu so'nggi omil hal qiluvchi rol o'ynagan. Masuliyatli o'yinlar arafasida mahalliy futbolni bilmaydigan chet ellik murabbiynni tayinlash juda xavfli bo'lardi. Legioner murabbiylar bunga kamida bir necha oy sarflaydilar, bazilari esa umuman o'zbek futbolining mohiyatini tushunib etolmaydilar.

2026 yilgi JCHga yo'llanma qo'lga kiritildi. Temur Kapadze Srechko Katanec qoldirgan "merosdan" mohirona foydalandi. Temur Tohirovich taktikada ham, tarkibda ham keskin o'zgarishlar kiritishdan o'zini tiydi. Kapadzening hissasini na kamsitish, na ortiqcha baholash to'g'ri bo'ladi: u murakkab vaziyatda o'z terma jamoasiga yordam qo'lini cho'zib, masuliyatni zimmasiga olishdan cho'chimay, o'z vazifasini ado etdi. Shubhasiz, Katanec jahon chempionatiga chiqish yo'lidagi ishning 85-90 foizini bajargan edi. Biroq aynan o'sha 10-15 foiz ko'pincha etishmay qoladi va Kapadze buni umumiy yutuqqa qo'shishga erishdi.

Ammo shu zahoti boshqa savol ko'ndalang bo'ldi: bundan keyin nima qilish kerak, mamlakat tarixidagi ilk jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'rish lozim?

Hali iyun oyidayoq O'zbekiston milliy terma jamoasiga kim boshchilik qilishi mumkinligi haqidagi dastlabki mish-mishlar tarqala boshlagan edi. Nomzodlar ko'p edi – Lyovdan tortib Terimgacha. Biroq yuqori darajada, ayniqsa yirik musobaqalarda milliy jamoalar bilan ishlash tajribasiga ega bo'lgan "taniqli" murabbiylar orasidan izlanayotgani aniq bo'lib qoldi.

Nomzodlar ro'yxatida Paulu Bentu nisbatan yaqinda paydo bo'ldi. Chamasi, u bilan tez kelishuvga erishilgan. Portugaliyalik mutaxassisning salmoqli tajribasi bor: u "Sporting"da uzoq vaqt ishlagan, Portugaliya terma jamoasini boshqargan va Osiyo futbolini yaxshi biladi – Janubiy Koreya hamda BAA terma jamoalarining bosh murabbiyi bo'lgan. Biroq u terma jamoalar bilan yirik musobaqalarda katta yutuqlarga erisha olmagan: BAA terma jamoasini 2026 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqa olmagan va Osiyo Kubogining 1/8 finalidayoq Tojikistonga penaltilar seriyasida yutqazgan. Janubiy Koreya terma jamoasi bilan esa eng yaxshi natijasi Jahon chempionatining 1/8 finali va Osiyo Kubogining 1/4 finali bo'lgan. Portugaliyaliklar bilan 2012 yilda Evropa chempionatining yarim finaliga chiqqan, ammo 2014 yilgi Jahon chempionatida guruhdan nariga o'ta olmagan. Agar terma jamoalar bilan erishgan aniq natijalari baholansa, uning faoliyati ziddiyatli ko'rinadi.

Bentuni nima uchun taklif qilishayotgani va undan JCH-2026da nimalar kutilayotganini anglash lozim. Guruhdan chiqishmi yoki faqatgina turnirda "munosib ishtirok etish"mi? Agar pley-offga chiqish vazifasi qo'yilgan bo'lsa-yu, O'zbekiston milliy terma jamoasi bunga erisha olmasa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Shuningdek, portugaliyalik murabbiyni qancha muddatga taklif qilishayotgani ham nomalum, chunki JCH-2026dan yarim yil o'tib, 2027 yilning yanvar-fevral oylarida Osiyo kubogi o'tkaziladi.

Hozircha Timur Kapadze taqdiri haqida ham aniq malumot yo'q. U "Paxtakor"ni boshqarishi mumkinligi haqida ichki malumotlar tarqaldi. Biroq u milliy terma jamoada Paulu Bentuga yordamchi sifatida qoladimi? Timur Tohirovich bunday vazifani qabul qiladimi?

Mening fikrimcha, o'zbek futboli olamiga "yo'l ko'rsatuvchi"siz Bentu uchun juda qiyin bo'ladi. Portugaliyalik murabbiy uchun aynan shunday shaxs Timur Kapadze bo'lishi mumkin. Bentu Osiyoda ishlagan davr mobaynida uning faqat bitta mahalliy yordamchisi bo'lgan – koreyalik Tey Vuk Choy. BAA terma jamoasida esa portugaliyalik murabbiyning bunday ko'makchisi yo'q edi.

Futbolda "agar" degan so'z o'tmaydi. O'zbekiston terma jamoasiga Paulu Bentu kelsa nima bo'lishini bilmaymiz. Xuddi shunday, Temur Kapadze davrida jamoaning ahvoli qanday bo'lishini ham bilmaymiz. To'g'ri, balki Bentu O'zbekiston terma jamoasi uchun eng maqbul tanlov emasdir. Biroq portugaliyalik murabbiyning qanchalik yaxshi ekanini faqat 2026 yilgi Jahon chempionatida bilib olishimiz mumkin, chunki aynan natija murabbiyni belgilaydi. Srechko Katanec yorqin bo'lmagan o'yin uslubi uchun bir necha bor tanqid qilingan bo'lsa-da, u ko'p jihatdan jahon chempionatiga chiqishni taminlab, natija taqdim etgandi.

Axir, biz oddiy futbol muxlislaridan kimni bosh murabbiy etib tayinlash haqida hech kim so'ramaydi. Na oddiy ishqibozlar, na jurnalistlardan. Hammaga ham yoqish qiyin, chunki baribir biror narsadan norozi yoki qoniqmaydigan odamlar topiladi. Qarorni mamlakatning futbol rahbariyati qabul qiladi va masuliyatni o'z zimmasiga oladi. Bu tanlov qanchalik o'zini oqlashini bir yildan so'ng bilib olamiz.

 

Nikolay Egorichev

Reyting: -2   

Fikrlar

+9   
28 avg 19:44:35
Rаsul Matkarimov
Агар Копадзе ростан ҳалқимиз учун жон куйдирганда, Лёвга ёрдамчи мураббий бўлишни қабул қилиб ватанимиз учун хизмат қиларди. Ўзидан кимдурни ясаволди мен ёрдамчи бўмиман деб. Озири Лёв хам боре диворди. Бу чмо худди ўзи олиб чиқгандек керилишига ўламанда. Катанец пишириб чайнаб берган ошни ютди холос. Бор кафенга қара таракан босиб кетибди бля))))
+7   
28 avg 19:43:41
Abdusalom Mirzayev
Копадзедан яхши вариант, халқаро тажрибаси етарли мураббий, Копадзега келсак у ҳали ёш, унда ҳали кўп имкониятлар бўлади, тажриба ва истеъдодига келсак Копадзе даражасидаги мураббийлар ўзимизда кўпчиликни ташкил қилади.
+7   
28 avg 19:34:10
Абдугаффор . N
Жудаям тог'ри к,арор. Футболчтларни рухияти кутарилади! Номдор мураббий!
+7   
28 avg 19:23:05
Murod Muxammadiyev
Endi yegan yemagan postlar bilan chiqaverasizlar. Koshkiydi Bentuga javob berib yuborib Kopadzeni olib qolishsa. Bo'ldi yig'ishtiringlar lattachaynashni. Bentuga omad tilanglar
+6   
28 avg 19:35:22
Andijon&M_Yu
Маколани укимадим.
Хорижлик яхши савиядаги мураббий керак эди.
Кападзени хурмат киламан.
Лекин катта уйинларга тайёр эмас деб уйлейман.
Утган йили Олимпиа уйинларида даражаси билинди.

+5   
28 avg 19:56:49
Shovruq88
BAA ancha yillardan buyon oʻrtamiyona MTJ edi!Bentu juda kuchaytirdi va buni hamma koʻrdi!Bizni ham sal qolsa yutardi.Bentuga ishonamiz!
+5   
28 avg 19:39:30
Rаsul Matkarimov
Тўппа тўғри қарор бўлди. Копадзе билан шарманда бўлиб қайтардик барибир. У ўзиникилани тиқиштиришни яхши кўради...
+3   
28 avg 20:08:23
Google User
Katanetzga ham xuddi shunday hujum bo'lgan edi. "Chet ellik nima qila oladi, nimaga pressa bilan ishlamaydi, nimaga faqat bitta sostav bilan ishlaydi, nimaga himoyaviy o'yin taktikasini qo'llaydi?..." Katanetz ketib qutuldi, izidan 4 qismlik xursandchilik interview sini chiqarishdi. Endi xuddi shunday provoksziyalar Paolo Bentuga nisbatan boshlandi. Demak uni jurnalistlar yomon ko'radi. Demak u yaxshi murabbiy. Paolo Bentu - O'zbekistonga xush kelibsan!
+3   
28 avg 20:04:16
FAQAT OLG'A
Bentu yaxshi taklif hech yoq mundialda nima qilishni biladi biz Kopadzeni emas Katanesni hizmatlarini etirof etishimiz kerak Kopadze tayyorga keldi qilgan ishi chizmalarga tegmadi hamma ish Katanesga tegishli Bentuni yaxshi tarafi yangidan omadli jamoa qurushi mumkin Kopadzega mundialga imkon bersa tajriba deb 3 ta oyinni yutqazadi ozi ozib yozib endi chiqdik Bentu bilan gurujdan chiqish haqida oylasek boladi yana bir tarafi Bentu aqlli bolsa termada yetarli kadrlar bor ularni joy joyiga qoysa Katanesga oxshab natijadan umid qilsa boladi bizdagi yetakchilar boshqa termalarga qaraganda turli ampulalarda harakat qiladi
+3   
28 avg 19:56:10
Muzaffar
Зур мураббий эмасдир лекин аник Капедзедан кучли тажрибаси бор мураббий
+3   
28 avg 19:47:53
Umid Tursunov
Molga ohshaganlar undan kora bizga bu murabiy qanday uslublardan taktikaan foydalanadi bizga shu qiziq....
+3   
28 avg 19:28:05
Реал75
ЭЗИБ ЮБОРДИЛАРИНГДА МАЙДА МАЙДА ГАПЛАР БИЛАН. ТРЕНЕР ОЛИБ КЕЛСА ХАМ БИР БАЛО, ОЛИБ КЕЛМАСА ХАМ ЯНА БИР БАЛО.
+2   
28 avg 20:57:43
Android Phonee
Футболчилар Кападзе тренер спатында кабыл кылмады куп сойлейди слишком акыллы.
+2   
28 avg 20:46:27
Vatandoshingiz
Muxammadaliyev U foydalanuvchining fikriga javob berish
Noto'g'ri qaror O'zbekiston noto'g'ri yo'lda Temur Kapadze o'zi olib borishi kerak keyin yoshi o'tgan yevropaga tortmasligi aniq bo'lib qolgan termadagi o'yinchilarimiz to'g'ri tushunishi kerak o'rnini yoshlarga bo'shatib bersa JCHni butun dunyo kulublari kuzatadi yevropani o'rtamiyona ligalarida futbolchilarimizga haridorlar chiqsa ajab emas baribi JCHda bu tarkib bilan natija qilolmaydi yoshlarni yaxshi o'ynatadigan murabbiy kerak Kapadze shunaqa murabbiy MTJni keyinini o'ylash kerak
МЕН СИЗНИ ФИКРИНГИЗНИ МАЬКУЛЛАЙМАН ТУГРИ!УЗИМНИ ШАХСИЙ ФИКРИМ АГАР КАПАДЗЕНИ УРНИГА ГВАРДИОЛАНИ ОЛИБ КЕЛИШГАНДА ХАМ КАРШИ БУЛАР ЭДИМ!АСЛИДА КАПАДЗЕ АНЧА ИШ КИЛДИ ЭЬТИБОР БЕРИНГ КАТАНЕС БОРГАН ЖОЙГА МИРЖАЛОЛ КОСИМОВ ХАМ БОРГАН БАБАЯН ХАМ ДЕАРЛИ БОРГАН АБРААМОВ ХАМ БОРГАН!АСЛИДА НУКТА КУЯДИГАН МУРАББИЙ БУЛМАГАН!!!КАПАДЗЕ УША НУКТАНИ КУЯ ОЛДИ!!!АГАР УНИ ТЕРМАДАН ОЛИШСА КЕЙИНГИ МУНДИАЛЛАР ЯНА АНЧА ЙИЛЛАР ОРЗУ БУЛАДИ!!!
+2   
28 avg 20:34:55
Muxammadaliyev U
Noto'g'ri qaror O'zbekiston noto'g'ri yo'lda Temur Kapadze o'zi olib borishi kerak keyin yoshi o'tgan yevropaga tortmasligi aniq bo'lib qolgan termadagi o'yinchilarimiz to'g'ri tushunishi kerak o'rnini yoshlarga bo'shatib bersa JCHni butun dunyo kulublari kuzatadi yevropani o'rtamiyona ligalarida futbolchilarimizga haridorlar chiqsa ajab emas baribi JCHda bu tarkib bilan natija qilolmaydi yoshlarni yaxshi o'ynatadigan murabbiy kerak Kapadze shunaqa murabbiy MTJni keyinini o'ylash kerak
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика