So’nggi yangiliklar

13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  0 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  0 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  0 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  2 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  2 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  8 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1

"Qaldirg'ochlar" qarshisida "chaqilmas yong'oq": "Qizilqum" – "Bunyodkor" uchrashuvini ko'rish uchun 7 ta sabab Yangiliklar

"Qaldirg'ochlar" qarshisida "chaqilmas yong'oq": "Qizilqum" – "Bunyodkor" uchrashuvini ko'rish uchun 7 ta sabab

Teglar :  QizilqumBunyodkor
Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Bunyodkor" uchrashuvi turning eng intrigali bahslaridan biriga aylanishi mumkin.

Ikki jamoa o'rtasidagi to'qnashuvlar so'nggi yillarda nafaqat natijalar, balki dramatizm va kutilmagan burilishlari bilan ham etibor qozonmoqda. Xo'sh, nima uchun bu uchrashuvga etibor qaratishimiz kerak? 

1. Eng noqulay raqib

"Bunyodkor" uchun "Qizilqum" so'nggi 5 yilda eng og'ir raqiblardan biriga aylandi. Toshkentliklar "Nasaf", "Neftchi", "Paxtakor" yoki OKMKga qarshi barqaror o'ynay olsa-da, navoiyliklarga qarshi qiynalishdan qocha olmayapti. Yani mezbonlar o'ziga xos “chaqilmas yong'oq” vazifasini juda yaxshi va  maromiga etkazib bajarmoqda.

2. 2021 yildan beri g'alabasiz seriya

"Qaldirg'ochlar" so'nggi marta 2021 yilda "Qizilqum" ustidan zafar quchgan. O'shanda Shuhrat Maqsudov qo'l ostidagi jamoa uyda 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. 

“Bunyodkor” – “Qizilqum” 1:0 (TUGADI) 

4 noyabr 2021 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:15 

Hakamlar: Elyor Tursunov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, G'ayrat Jo'raev Nazoratchi: Oleg Dachev Komissar: Sardor Qudratullaev

Gol: Xurshid G'iyosov (penalti) 90+5. 

"Bunyodkor": 71. Sarvar Karimov, 6. Avazbek O'lmasaliev, 10. Xurshid G'iyosov, 13. Lutfulla To'raev (sardor), 17. Odiljon Abdurahmonov (14. Mirjahon Mirahmadov, 75), 19. Nurillo To'xtasinov, 26. Ulug'bek Abdullaev, 30. Abdulla Abdullaev, 34. Suhrob Izzatov, 37. Muhammadodil Qahramonov, 49. Ibrohim Tomiva ( 29. Muzaffar Olimjonov, 90) 

Zaxira: 91. Zafar Safoev, 4. Davronjon Ergashev, 7. Farhod Mirahmatov, 11. Rasul Yo'ldoshev, 21. G'ayrat Azizxo'jaev, 33. Umarali Rahmonaliev, 54. Umidbek Sultonov.

"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Baydullaev (sardor), 7. Islom Kenjaboev, 8. Giorgi Kuxianidze, 10. Mate Vatsadze (19. Jamshid Hasanov, 78) 14. Fayzullo Qambarov (18. Jasur Azimov, 51), 17. Salim Mustafoev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 30. Elguja Grigalashvili, 75. Oleg Tolmasov.

Zaxira: 22. Artyom Makosin, 4. Mirjalol Qosimov, 9. Behruz Sadulloev, 25. Azizbek Usmonov, 44. Humoyun Abdualimov, 88. Ahror Umarjonov, 92. Vladislav Aleksin.

Ogohlantirish: Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") 13, Islom Kenjaboev ("Qizilqum") 26, Lutfulla To'raev ("Bunyodkor") 43, Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor") 55, Odiljon Abdurahmonov ("Bunyodkor") 62, Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor") 79, Muhammadodil Qahramonov ("Bunyodkor") 84,

3. Navoiyda 7 yildan buyon omad yo'q

"Bunyodkor" Navoiyda oxirgi bor 2018 yil Mirjalol Qosimov davrida g'alaba qozongan. Shundan beri bu stadion ular uchun haqiqiy "qora maydon" bo'lib kelmoqda.

20:00 - "Qizilqum" – "Bunyodkor" 0:1 

5 aprel 2018. Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 11253 tomoshabin. 

Hakamlar: V.Serazitdinov (Toshkent), A.Capenko (Toshkent vil.), T.Gaynullin (Toshkent), R.Abduvohidov (Qarshi). 

Nazoratchi – A.Xotamov (Toshkent). 

Komissar – R.Chernikov. 

Gol: Javlon Ibrohimov 84, - 0:1 (Sardor Sobirxo'jaev).

“Qizilqum”: 1.Erkin Jabborov, 7.Nodirxon Kamolov, 11.Doniyor Usmonov, 14.Fayzulla Qambarov, 16.Alisher Yusupov (18.Samandar Shodmonov, 46), 17.Artur Gevorkyan, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.Sherali Jo'raev, 30. Elguja Grigalashvili (8.Akmal Rustamov, 60), 44.Mirjalol Qosimov, 70.Andrey Sidorov (84. Nemanya Yovanovich, 86). Zaxira: 77.Evgeniy Cheremisin, 4.Erkin Boydullaev, 5.Georgi Kvesieshvili, 9.Humoyun Abdualimov, 10.Alisher Sanoev, 19.Sergey Proxorov.

"Bunyodkor": 32.Suhrobjon Sultonov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 11.Murodjon Toshmatov, 18.Sardor Sobirxo'jaev, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 30.Xurshid G'iyosov (13.Sanjar Qodirqulov, 88), 44.Mirjamol Qosimov (28.Davronbek Umirov, 56), 99.Filip Rayevac (9.Shahzodbek Nurmatov, 65).
Zaxira: 25.Murodjon Zuhurov, 3.Islomjon Qobilov, 10.Abdulla Abdullaev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 15.Farruh Ikromov, 21.Rasul Yo'ldoshev.

Ogohlantirishlar: Mirg'iyos Sulaymonov 23, Sherali Jo'raev 40, Mirjamol Qosimov 49, Javlon Ibrohimov 90+2.

 4. "Qizilqum"ning ustunligi

So'nggi 7 uchrashuvda "Qizilqum" 5 g'alaba va 2 durang qayd etdi. "Bunyodkor" esa raqibni faqat bir bor taslim qila olgan. 

5. Mag'lubiyatsiz seriya.

 "Qizilqum" Akmal Rustamov boshchiligida hali mag'lubiyatga uchramagan. Jamoa Superligada 8 o'yindan buyon imkoniyatni boy bermayapti.

 6. Quvvatovning "qalqoni"

Darvozabon Sanjar Quvvatov ikkinchi davrada ketma-ket 4 o'yinda gol o'tkazmagan. Bu seriya "Bunyodkor"ga qarshi davom etadimi – asosiy savollardan biri. 

7. Safardagi sinov

Ilyos Zeytullaev shogirdlari joriy mavsumda safarda faqat bir marta mag'lub bo'ldi ("Surxon"ga 1:3). Shu bilan birga, birinchi davradagi "Qizilqum"ga qarshi bahsda ham "Bunyodkor" raqib darvozasini ishg'ol qila olmagandi va 0:0 hisobi qayd etildi. Navoiydagi bahs ikki jamoa uchun ham jiddiy sinov. "Qizilqum" o'zining mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirishni, "Bunyodkor" esa noqulay raqib qarshiligini sindirishni maqsad qilgan. Birinchi davradagi 0:0 natijasi esa bu uchrashuvning yanada keskin ruhda o'tishiga asos bo'lib xizmat qiladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
22 avg 11:28:55
Sanjar Faxriddinovich
Кизилкумга омад бугунги уйинда
   
22 avg 13:50:51
JAFAR FC QIZILQUM
OLG'A QIZILQUM OMAD SENGA
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика