Ayollar o'rtasidagi OCHL saralashi. "Sevinch" "Al Nassr"ni burchakdan urilgan gol evaziga mag'lub qildi
28 avg 23:56
Yangiliklar
Ayollar o'rtasidagi OCHL saralashi. "Sevinch" "Al Nassr"ni burchakdan urilgan gol evaziga mag'lub qildi
Bugun Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Sevinch" ayollar o'rtasidagi OCHLning saralashi doirasida Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasiga qarshi o'ynadi.
Unda hamyurtlarimiz 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bahsning 71-daqiqasida Lyudmila Karachikning burchakdan to'g'ridan-to'g'ri darvozaga yo'llagan zarbasi darvozaga kirib ketdi va ushbu gol yagonaligini saqlab qoldi. Shu orqali "Sevinch" saralashning ikkinchi o'yinida ham g'alabaga erishib, OCHL guruh bosqichi uchun bir qadam tashladi.
Endi "Sevinch" 3-turda Tailandning "Kollej of Eyshn Skolars" jamoasiga qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs g'olibi OCHL guruh bosqichiga yo'llanma oladi. Bahs 31 avgust kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar