Diyor Xolmatov: "Evropaga ketishim shu yig'indan keyin hal bo'ladi"
28 avg 23:33
Yangiliklar
Diyor Xolmatov: "Evropaga ketishim shu yig'indan keyin hal bo'ladi"
- Taassurotlar juda yaxshi. Mashg'ulotlar yaxshi o'tmoqda, tayyorgarlikni olib boryapmiz. Barchaning kayfiyati yuqori darajada. Faqatgina o'yinni o'ylamoqdamiz.
- Dastlabki raqib O'mon haqida fikrlar qanday?
- Bugun O'monni taxlil qildik. Jamoa juda yaxshi. Ko'p pas o'ynaydi, hujum qilishni yaxshi ko'radi. Biz ham mashg'ulotlar orqali o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.
- O'yinlar yangi stadionda bo'lishi futbolchilarga qanchalik yaxshi yoki yomon?
- Yangi stadionda hali mashg'ulot olib bormadik. Ertaga bu maydonda shug'ullanamizmi yo'qmi, bilmayman. Barchasi so'roq ostida bo'lib turibdi. Yangi stadionning qanday ekanligini bilmayman. Ushbu stadionda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
- Yangi qurilgan qarorgoh haqida qanday fikrdasiz?
- Juda zo'r. Bu erda barcha narsalar bor. Futbol uchun kerak bo'lgan barcha sharoitlar etarli.
- Evropaga ketishingiz aniqmi?
- Shu yig'indan keyin barchasi aniq bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar