So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  4 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  11 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Akmal Rustamov: "Yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanganimizda 3-4ta to'p farqi bilan yutishimiz mumkin edi" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanganimizda 3-4ta to'p farqi bilan yutishimiz mumkin edi"

Superliga 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Qizilqum" bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Hammaga Assalomu Alaykum. O'yin qiyin o'tishini bilardik. O'tgan tur "Xorazm"ga qarshi suniy maydonda to'p tepganimizdan so'ng tabiiy maydonga o'tish ozroq qiyinchilik tug'dirdi. Shunga qaramay yigitlar bor kuch bilan harakat qilishgani uchun rahmat aytmoqchiman. Agar yaratilgan vaziyatlardan foydalanganimizda 3-4ta to'p farqi bilan yutishimiz mumkin edi. Lekin vaziyatlar golga aylanmadi va natijada bir ochkodan bo'lishib oldik.

- Endi Superligada tanaffus yuzaga keladi. Bu oraliqda jamoaning rejalari qanday?

- Biz allaqachon reja ishlab chiqqanmiz. Uch-to'rt kun futbolchilarga dam berib shundan so'ng yana Navoiy shahrida yig'ilamiz. O'rtoqlik uchrashuvlarini ham gaplashib qo'yganmiz. Navoiyda bitta, Toshkentda ikkita nazorat bahsi o'tkazishni maqsad qilganmiz. Buyog'iga bo'shashishga umuman haqqimiz yo'q. Tanaffusdan keyin o'zimizni ko'rsatib jadvalning yuqori qismiga chiqishga harakat qilamiz.

- Bugungi tarkibni Xorazmdagi o'yindan keyin kelib chiqqan holda aniqladingizmi? Chunki Islom Kenjaboev bilan Shohruz Norxonov zaxirada qoldi.

- Kim o'yinga yuz foiz tayyor bo'lsa, shu futbolchilarni asosiy tarkibda tushirdik. Biz har bir o'yinga reja bo'yicha tayyorgarlik olib boramiz.

- Zaxiradan maydonga tushgan Bobomurod Bozorovning o'yini haqida fikringiz?

- Bobomurod jamoamiz o'yinini kuchaytirdi. Biz bundan keyin ham navoiylik yoshlarga imkon berishda davom etamiz. Aslida bir masalaga to'xtalmoqchi emasdim-u, lekin to'xtalishga majburman. "Surxon" bilan o'yinda hakamlar ikkita penaltini qo'ymadi. Bugun esa toza golimizni bekor qilishdi. Bularni gapirmoqchi emasdim, lekin ichimizda saqlab ham bo'lmayapti. Gapirmasa bo'lmaydigan holatga kelib qoldik. "Surxon" bilan bahsda g'alaba qozonishimiz kerak edi. "Andijon"ga qarshi uchrashuvda ham golimizni hisoblashmadi. Hakamlar bilan ishlaydigan yuqori tashkilot bor, mana shu o'yinlarni ko'rib chiqishlarini so'rayman. Bunga yana qancha chidash mumkin bilmayman. Hammaga katta rahmat.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика