Simeone: "Barsa" - dunyoning eng kuchli jamoalaridan. Ammo, oxirigacha o'ynash kerak"
10 jan 2020 11:05
Yangiliklar
Simeone: "Barsa" - dunyoning eng kuchli jamoalaridan. Ammo, oxirigacha o'ynash kerak"
"Biz birinchi taymda himoyaviy o'ynagan holda, qarshi hujumlarga ko'proq urg'u bermoqchi edik, ammo raqibning bosimidan chiqib keta olmadik.
Ikkinchi taymni esa bizga kuch bag'ishlagan gol bilan boshladik, ammo raqib bunga hujumkor ruhda javob qaytardi. Ammo, Lorentening o'yinga chiqishi va Korreaning hujumga o'tishi bizga erkinroq o'ynashga yordam berdi.
Biz boshqa jamoaga aylandik. Agar biz hisobni qisqartira olsak, g'alaba qozonishimiz malum edi.
"Barselona" qolganlardan bir qadam oldinda. Bu dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biridir, ammo o'yinni oxirigacha o'ynash kerak. Biz bu erda bo'lishga haqli edik va buyog'iga yana bitta finalni o'tkazamiz", - deydi Simeone.
Eslatib o'tamiz, "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi finali 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar