So’nggi yangiliklar

01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:10ЕЧЛ. ПСЖ – "Бавария" (онлайн ҳисоб)  6 01:10ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" – "Реал Мадрид" (онлайн ҳисоб)  48 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  5 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  0 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  0 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  10 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  2 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  5 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11 20:52"Реал" ҳимоячиси: "Яхши ҳимояланиш сирини Италияда ўрганганман. "Ювентус" ва "Рома"дан миннатдорман"  1

"SHo'rtan" klubi va Qashqadaryo viloyati bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi hamkorlikni davom ettirish maqsadida memorandum imzoladi Yangiliklar

"SHo'rtan" klubi va Qashqadaryo viloyati bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi hamkorlikni davom ettirish maqsadida memorandum imzoladi

"SHo'rtan" va Qashqadaryo viloyati bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi o'zaro hamkorlikni davom ettiradi.

Habaringiz bor, "SHo'rtan" professional futbol klubi, O'zbekiston futbol associaciyasi huzuridagi Qashqadaryo viloyati bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi bilan ikki yildan buyon professional futbolchilarni tayyorlash bo'yicha ishlab kelmoqda. Bu bo'yicha shartnoma imzolagan. 

"SHo'rtan" futbol klubi, O'zbekiston futbol associaciyasi  va O'zbekiston professional futbol ligasi doirasida tashkil etilgan Pro liga bahslari hamda O'zbekiston Kubogi o'yinlarida munosib ishtirok etib kelmoqda. Buning uchun mahalliy, iqtidorli futbolchilar xizmatidan keng foydalanib kelinyapti.

Bugun "SHo'rtan" tarkibida Qashqadaryo viloyati bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo'lgan Asadbek Samariddinov, Oybek Jonibekov va CHoriyor Tursunqulov to'p tepmoqda.

SHuningdek,  O'zPFLning U-19 chempionati ishtirokchi bo'lgan "SHo'rtan" U-19 jamoasida ham Qashqadaryo viloyati bolalar va o'smirlar futbol akademiya tarbiyalanuvchilaridan o'n bir nafari mavjud. Demak, o'zaro hamkorlikdan har ikki tomon ham manfaatdor.

"SHo'rtan" futbol klubi hamda Qashqadaryo viloyati bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi bilan kelgusi hamkorlikda yangi nomlar va mahoratli futbolchilar kashf etiladi degan umiddamiz. 

"SHo'rtan" professional futbol klubi va Qashqadaryo viloyati bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi o'zaro hamkorlikni o'zaytirish maqsadida memorandum imzoladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика