

Jurnalist Romeyn Molinaning takidlashicha, Urugvay terma jamoasi Amerika kubogi yoki JCH oldidan AQSHga uchib ketishi kerak bo'lgan maxsus charter reysi uchun FIFA va tashkilotchilar tomonidan AQSH aviaciya idoralaridan oldindan ruxsatnoma (fly permission) olish unutilgan. Oqibatda, jamoa a'zolari, murabbiylar shtabi va yuklar uchishga shay bo'lib turganda, samolyot havoga ko'tarila olmagan.
Urugvay delegaciyasi bir necha soat davomida aeroportda kutishga majbur bo'ldi. Bu esa futbolchilarning tiklanish va mashg'ulotlar rejasiga salbiy ta’sir ko'rsatgan. Muammo OAVda tez tarqalgach, FIFA va AQSH tomoni shoshilinch ravishda ishga aralashdi. Diplomatik va tezkor aloqalar orqali bir necha soat ichida reys uchun maxsus ruxsatnoma olib berildi va Urugvay terma jamoasi AQSHga uchib ketdi.
JCH-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Urugvay uchrashuvi 16 iyun kuniga rejalashtirilgan bo'lib, u AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadi.



